Ubaydiy (1486-1540)

Ubaydullaxon, Ubaydulla Sulton, Ubaydiy (to‘liq ismi: Abulg‘oziy Ubaydulloh Bahodirxon ibn Mahmud Sulton ibn Shoh Budog‘ Sulton ibn Abulxayrxon) (1486, Xorazmning Vazir shahri yaqinidagi Tirsak mavzesi — 1540.17.3, Buxoro) — Buxoro xoni (1533—40), shoir. Shayboniylar sulolasidan. Muhammad Shayboniyxonning jiyani, Mahmud Sultonning davomi…

Muhammad Solih (1455-1535)

Muhammad Solih (1455, Xorazm — 1535, Buxoro) — shoir. Xorazm hokimi amir Nursaidbek oilasida tug‘ilgan. Bobosi Shohmalik Ulug‘bek saroyida, otasi Nursaidbek esa Ulug‘bek, Jo‘gi Mirzo, Abu Said saroylarida e’tiborli arboblardan bo‘lgan. Muhammad Solih Xorazmda savod chiqargach, Hirotga borib, Aburahmon Jomiydan davomi…

Yusuf Amiriy (XV asr)

Yusuf Amiriy (15-asr, Hirot) — shoir. Boysunqur Mirzo himoyasida yashagan. Turkiy va forsiyda ijod qilgan. Alisher Navoiy «turk erdi va turkcha she’ri yaxshi voqe bo‘libtur» («Majolis un-nafois») deb yozsa, Davlatshoh Samarqandiy «Shohrux davrida katta shuhrat qozondi» («Tazkirat ush-shuaro») deb ta’riflaydi. davomi…

Sakkokiy (XV asr)

Sakkokiy (15-asr)ning ismi, tug‘ilgan va vafot etgan yillari noma’lum. Samarqandda Xalil Sulton (1405-09) va Ulug‘bek hukmronligi davrida yashab, ijod etgan. Alisher Navoiy Sakkokiy ijodiga yuksak baho bergan: «Turkiy alfozining bulag‘osindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda bag‘oyat davomi…

Atoiy (XV asr)

Atoiy (15-asr, Balx) — shoir. Yassaviy avlodidan. Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan. Turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur o‘rgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. Navoiy («Majolis un-nafois») Atoiy hayoti va ijodi haqida to‘xtalib, «Mavlono Atoiy Balxda bo‘lur erdi. Ismoil davomi…

Kamol Xo‘jandiy (1321-1401)

Kamol Xo‘jandiy (taxallusi; ismi Kamoliddin Mas’ud, 1321, Xo‘jand — 1401, Tabriz) — O‘zbek va fors-tojik shoiri. Toshkent, Turkiston, Samarqandda ma’lum muddat yashab, tahsil ko‘rgan. Mo‘g‘ul istilosi tufayli o‘z vatanini tark etgan.Xorazm, Sheroz arab mamlakatlariga borgan, Makkada bo‘lgan. Qaytishda Tabrizda yashab davomi…

Lutfiy (1366-1465)

Lutfiy (1366- Hirot – 1465), Mavlono Lutfiy — o‘zbek shoiri, orif va mutafakkir. O‘z zamonining «malik ul-kalomi». Yaqin vaqtlargacha Lutfiyning tavallud topgan va vafot etgan joyi Hirotning Deqikanor mavzei deb ko‘rsatib kelingan. Shayx Ahmad Taroziyning Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlab yozilgan «Funun davomi…

Durbek (XIV-XV asr)

Durbek (14-asr oxiri — Balx — 15-asr boshi) — o‘zbek shoiri. Uning «Yusuf va Zulayho» dostonigina yetib kelgan. Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostoni 1409 yili yozilgan. Doston asosini Sharqda mashhur Yusuf va Zulayho haqidagi rivoyat tashkil etgan. Sharq adabiyotida sayyor davomi…

Hofiz Xorazmiy (XIV-XV asr)

Hofiz Xorazmiy (taxallusi; ismi Abdurahim) (14-asrning 2-yarmi, Xorazm — 15-asrning 30—40-yillari, Sheroz) — shoir. Eski o‘zbek tili rivojiga katta hissa qo‘shgan. Yoshligi Xorazmda kechgan. Bu yerdagi notinchliklar tufayli 14-asr oxirlarida o‘z vatanini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Samarqand, Buxoro, Xo‘jand, Iroq, davomi…