Ikromjon Asliy (1984)

1984 yilda tug‘ilgan. Andijon Davlat universiteti filologiya fakultetini tamomlagan. “Andijon yoshlari” gazetasida muharrir o‘rinbosari lavozimida xizmat qiladi. Shoirning “Tonggi sabo”, “Andijon chashmasi” she’riy to‘plamlari nashr etilgan. U Zomin seminari, “Kelajak ovozi” Respublika ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi g‘olibi. * * * Sizni davomi…

Rustam Mirvohid (1987)

1987 yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat sharqshunoslik institutining 2-bosqich magistranti. “Kelajak ovozi” tanlovining Toshkent shahar bosqichi g‘olibi. “Dil qushi”, “Bu – oshiq so‘zim” she’riy to‘plamlari muallifi. Sohir tun Kech tushdi… Qaydadir qurbaqa sayrab, Atrofga taratar ajib ovozin. Qaysidir burchakda chigirtka yayrab, davomi…

Nargiza Odinayeva (1988)

1988 yilda tug‘ilgan. “Kelajak ovozi” tanlovi viloyat bosqichi g‘olibi. “Do‘rmon” ijodkor yoshlar seminari qatnashchisi. “Yo‘ldagi maktublar” kitobi muallifi. Ko‘ngil manzili Tog‘larni sog‘inib buzildi chillam, Tongimdan adashdim, vaqt – uchar gilam, Lahzam ibodatdir, manzilim – qiblam, Yo‘lim joynamoz, deb, chiqdim safarga. davomi…

Dildora Yahyo (1979)

1979 yilda tug‘ilgan. Namangan Davlat universiteti filologiya fakultetini tamomlagan. Matbuotda she’rlari, “Qora “Neksiya” siri”, “Qonli gul”, “Talvasa” kabi detektiv qissalari e’lon qilingan. Umrim Kunlarim – qayg‘uning qarindoshlari, O‘kinchlar o‘padi etaklarini. Yuzimni kuydirar sog‘inch yoshlari, So‘ylay… O‘ttiz ikkining ertaklarini. Haftalar – davomi…

Guli Nigor (1988)

Guli Nigor Avazova 1988 yil 2 mayda Toshkent viloyati Qibray tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi bo‘lgan. O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2008 yildan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Birlashgan tahririyatida muxbir lavozimida davomi…

Ismatullo Yo‘ldoshev (1953-2021)

Yo‘ldoshev Ismatullo Asadovich 1953 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan. 1976 yilda Toshkent davlat universitetining huqushunoslik fakultetini tugatgan. 1969 yildan 2013 yilga qadar prokuratura organlarida mas’ul lavozimlarda ishlab kelgan. Huquqshunoslik fanlari nomzodi. Adliya katta maslahatchisi (polkovnik). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. I.Yo‘ldoshev quyidagi davomi…

Qandilat Yusupova (1986)

Qandilat Yusupova 1986 yil, 8 dekabrda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida tug‘ilgan. 2008 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili fakultetini tamomlagan. “Ko‘zlaringdan qo‘rqaman, she’rim”, “Tor sehri”, “Yorug‘ kunlar xumori”, “Ohu faryodi” nomli she’riy kitoblari chop etilgan. Jahon adabiyotidan tarjimalari, davomi…