Xurshid Nurullayev (1959)

Xurshid Nurullayev 1959 yil 3 sentyabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Samarqand davlat me’morchilik-qurilish institutini tamomlagan (1981). Hozirda Samarqand viloyat hokimligi o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limi boshqarmasi bosh uslubchi-maslahatchisi bo‘lib ishlaydi. Ijod namunalari respublika matbuotida chop etilgan. *  *  * Chidayman, Mag‘rurlik davomi…

Akmal Toshev (1985-2023)

Akmal Toshev 1985 yil 6 aprelida Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqtosh qishlog‘ida tug‘ilgan. 1992-2003 yillar qishloqdagi 41-umumta’lim maktabida o‘qidi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida jurnalistika fakul’tetida bakalavr yo‘nilishini (2004-2008), magistratura bosqichida (2011-2013) tahsil olgan. «Ishonch» va «Ishonch-Doveriye» gazetalari tahririyatida davomi…

A’zam Rahim (1971)

A’zam Rahim (Abdurazakov) 1971 yili O‘sh shahrida tug‘ilgan. Farg‘ona Davlat Universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 1991 yildan buyon maktabda o‘zbek tili va adabiyotidan dars beradi. Qirg‘iziston maorifi a’lochisi. Qirg‘iziston yozuvchilar uyushmasi a’zosi. «Sabr chechaklari» (1995), «Yaldo karvoni»(1999), «Shahsuvor tuyg‘ular» (2005) davomi…

Manzurabonu (1900-1970)

Bonu yoki Manzurabonu taxallusi bilan qalam tebratgan bu shoira Nozimaxonimning iste’dodli shogirdlaridandir. Toshkentning sobiq Rais ko‘cha mahallasi (hozirgi Xurshid ko‘chasi)da tug‘ildi. Mahalladagi eski maktabda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq ziyrak, aqlli, qiziquvchanligi bilan atrofdagilarning diqqatini tortdi. U Navoiy, Fuzuliy va Mashrab she’rlarini davomi…

Shavkat (1882-1934)

Mirzohidoxund o‘g‘li Sirojiddin Shavkat adabiyotimiz tarixida Shavkat, Sidqiy, Iskandar, Shevan taxalluslari bilan ijod etgan adibdir. Shavkat 1882 yilda Toshkent viloyatining Xondayliq qishlog‘ida kambag‘al oilasida tug‘ildi. Shavkat shoir, tarjimon, xattot, noshir, rassom sifatida adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida qalam tebratdi, Shoir «Devoni Sidqiy», davomi…

Karimbek Kamiy (1865-1922)

Kamiy (taxallusi; asl ism-sharifi Karimbek Sharifbek o‘g‘li) (1864— Toshkent — 1923) — o‘zbek shoiri, ma’rifatparvar. Toshkentdagi «Beklarbegi» madrasasida o‘qigan (1880 yildan). 1916 yilgacha shu madrasada mudarris. 1890 yillardan shoir sifatida tanilgan, bayozlar tuzgan. Sidqiy Xondayliqiy, Xislat, Miskin, Tavallo kabi ko‘pgina davomi…

Muhammad Yusuf Bayoniy (1858-1923)

Bayoniy (taxallusi; asl ismi Muhammad Yusufbek Bobojonbek o‘g‘li) (1858— Xiva — 1923) — O‘zbek shoiri, tarixchi, musiqashunos, xattot va tarjimon. Xivadagi Sherg‘ozixon madrasasida tahsil ko‘rgan. Suls, kufiy, rayhoniy, shikasta xatlarini yaxshi bilgan, tanbur chertish va g‘ijjak chalishda mohir bo‘lgan. Bayoniyning davomi…

Fazlulloh Almaiy (1852-1891)

Almaiy (taxallusi; asl ismi Fazlulloh Mirjalol o‘g‘li) (1851/52 — Toshkent — 1894/95) — o‘zbek shoiri, tarjimon, arabshunos va xattot. Toshkentdagi «Muyi Muborak»va Buxorodagi madrasalarda tahsil ko‘rgan (1866—67). Turk, fors, arab tillarini va adabiyotini, falsafa, mantiq, huquq, musiqa, tib, xattotlik ilmini davomi…

Yusuf Saryomiy (1840-1912)

Yusuf Saryomiy (taxallusi; asl nomi Yusuf mulla Abdushukur o‘g‘li) [1840, Chimkent viloyati Saryom (Sayram) qishlog‘i — 1912] — shoir. Toshkent, Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Samarqand, Toshkent, Qo‘qon adabiy harakatchiligida faol qatnashgan. «Beklar begi» madrasasida o‘qigan va unga atab she’rlar yozgan davomi…