Nodira Nazar (1991)

Nodira Nazar 1991 yil Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani No‘g‘ayli qishlog‘ida tug‘ilgan. Hozirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti roman-german filologiyasi nemis tili yo‘nalishi talabasi. 2012 yilda “Hayajon fasli” – ilk she’riy kitobi nashr ettirilgan. She’rlari matbuotda e’lon qilingan. YoMG‘IR Yog‘, yomg‘ir, davomi…

Xanifa Solihova (1939)

Xanifa Solihova 1939 yilda tug‘ilgan. Andijon Davlat institutining filologiya fakultetini tamomlagan. Filologiya fanlari doktori, professor. To‘rtta monografiya, adabiyotshunoslikka oid o‘nlab risolalar va yuzga yaqin maqolalar muallifi. “Sevgi sirlari”, “Diyorga ta’zim”, “Ko‘ngil piyolasi”, “Yulduzlar chaqnaganda”, “Quyosh malikasi”, “Shaydoyingman Vatan” she’riy kitoblari davomi…

Vali Ahmadjon (1952)

Vali Ahmadjon 1952 yilda tug‘ilgan. Qo‘qon Davlat pedagogika institutida tahsil olgan. “Etti o‘lchab bir kes”, “Gulxumorning gulbog‘i”, “To‘r ko‘ylak – zo‘r ko‘ylak”, “Yig‘loqi g‘ozlar”, “Orzularim egasi”, “Ko‘zmunchoq” kabi she’riy kitoblari chop etilgan. ORZU QANOTIDA Rasm solar Nilufar Oq qog‘ozga termilib. davomi…

Komil Avaz (1942-2022)

Komil Avaz 1942 yilda tug‘ilgan. Toshkent to‘qimachilik institutini tamomlagan. “O‘tayotgan vaqt”, “Tong epkini”, “Ibrat manzili”, “Xiva dilbandi”, “Olis ohanglar”, “Shoh bo‘ldi ishq ichinda” “Qo‘nalg‘a”, “Sozanda” kabi asarlari chop etilgan. 2022 yil 24 iyun kuni Urganch shahrida vafot etgan. MUQIMIY FAZALLARIGA davomi…

Bahodir Bahrom (1990)

Bahodir Bahrom 1990 yilda tug‘ilgan. O‘zMUning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 2008 yilgi “Zomin” yosh ijodkorlar seminari ishtirokchisi. “Eng suluv armon” nomli she’riy to‘plami chop etilgan. Hozirda “Sog‘lom avlod” gazetasida faoliyat yuritmoqda. MANZARA Olovning bag‘rida yongan bu yaproq, Qachondir yam-yashil bo‘lib davomi…

Laylo Sharipova (1968)

Laylo Sharipova 1968 yilda tug‘ilgan. Buxoro Davlat universitetini tamomlagan. “Oh, armonlar”, “Qismat surasi”, “Shodlik sohili”, “Bu shunday dunyoki…”, “Onamga tortiq” kitoblarining muallifi. Hozirda Buxoro Davlat universitetida boshlang‘ich ta’lim kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritmoqda. NAVRO‘ZOYIM Soylarida oqqan suvi oynalikka yaraydi, Majnuntollar davomi…

Mahmud Rajab (1963)

Mahmud Rajab 1963 yilda tug‘ilgan. Buxoro Davlat pedagogika oliygohining musiqa fakultetini bitirgan. “Dard mavsumi”, “Ko‘zlardagi ko‘zgu”, “Oykokil”, “Zastenchivыy mesyats” she’riy kitoblari chop etilgan. OYGA QASIDA 1 Hey, oy! Quyoshdan arazlab Ketma ko‘p bulutlar ortiga. Ertamas, indin Yuz yuzga tushadi, baribir. davomi…

Momoxol Elmurodova (1949)

Momoxol Elmurodova 1949 yilda tug‘ilgan. 1970 yilda Namangan Davlat pedagogika oliygohining filologiya fakultetini tugatgan. “Qaldirg‘och”, “Ayol muhabbati”, “Yurakka sanchilgan ignalar”, “Orzularning uzun yo‘li”, “Onamga yozilmagan maktublar” kabi she’riy to‘plamlari chop etilgan. O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi. KO‘NGIL MULKI Ko‘ngil mulkin boyliklari davomi…

Muhtarama Turkoy (1957)

Muhtarama Turkoy 1957 yilda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutini tamomlagan. “Turongul”, “Kechikkan bahor”, “Sohir oqshomlar”, “Ishq naysonlari”, “Ko‘ngilga maktub” kabi kitoblar muallifi. ESKI SUVRAT Uy to‘rida qadimiy beshik, Chaqaloqqa zor ko‘rinadi. Kuyovnavkar kirmagan eshik davomi…