Mahmud Rajab (1963)

Mahmud Rajab 1963 yilda tug‘ilgan. Buxoro Davlat pedagogika oliygohining musiqa fakultetini bitirgan. “Dard mavsumi”, “Ko‘zlardagi ko‘zgu”, “Oykokil”, “Zastenchivыy mesyats” she’riy kitoblari chop etilgan. OYGA QASIDA 1 Hey, oy! Quyoshdan arazlab Ketma ko‘p bulutlar ortiga. Ertamas, indin Yuz yuzga tushadi, baribir. davomi…

Momoxol Elmurodova (1949)

Momoxol Elmurodova 1949 yilda tug‘ilgan. 1970 yilda Namangan Davlat pedagogika oliygohining filologiya fakultetini tugatgan. “Qaldirg‘och”, “Ayol muhabbati”, “Yurakka sanchilgan ignalar”, “Orzularning uzun yo‘li”, “Onamga yozilmagan maktublar” kabi she’riy to‘plamlari chop etilgan. O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi. KO‘NGIL MULKI Ko‘ngil mulkin boyliklari davomi…

Muhtarama Turkoy (1957)

Muhtarama Turkoy 1957 yilda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tug‘ilgan. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutini tamomlagan. “Turongul”, “Kechikkan bahor”, “Sohir oqshomlar”, “Ishq naysonlari”, “Ko‘ngilga maktub” kabi kitoblar muallifi. ESKI SUVRAT Uy to‘rida qadimiy beshik, Chaqaloqqa zor ko‘rinadi. Kuyovnavkar kirmagan eshik davomi…

Ashurali Boymurod (1957)

Ashurali Boymurod 1957 yilda tavallud topgan. Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. Shoirning “Sadoqat”, “Sog‘inch”, “Mehriston”, “Qushlar tilga kirganda” nomli she’riy to‘plamlari, “Mehr” saylanmasi nashr etilgan. Ayni damda “Turkiston” gazetasida ishlaydi. ONA VATAN Bu zamin olovdir, bu zamin — otash, Ko‘ksini davomi…

Olqor Damin (1947)

Olqor Damin 1947 yili Ishtixon tumanida tavallud topgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi. SamDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Salom yaxshilik”, “Sabr haykali”, “Assalom, Navro‘z!”, “O‘lmas daholar”, “Afsona shahrim”, “Qirq muxammas”, “Qo‘sh irmoq”, “Quchoqlayman bahorni”, “Navo” nomli she’riy, “Muattar o‘ylar” tanlangan asarlari davomi…

Gavhar Usmonova (1970)

Gavhar Usmonova 1970 yilda Narpay tumanida tug‘ilgan. SamDUning o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. SEN – GULSAN Poyida izg‘irin gullagan, Rozini zog‘larga so‘ylagan, Xazonlar qo‘shig‘in kuylagan, Sen – gulsan! Bag‘ringga yashirib ishq yodin, Tinglamay bulbulning faryodin, Go‘zallik izlading dunyodin, Sen – gulsan! davomi…

Ramazon Ashur (1960)

Ramazon Ashur 1960 yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan. Ayni paytda “Afrosiyob PRESS” gazetasining mas’ul kotibi. She’rlari, maqolalari respublika matbuotlarida muntazam chop etiladi. SEVGI BEChORA Men uni avaylab, asrab yurgandim, Ne qilay, yo‘qotdim endi nachora. Tomirsiz daraxtdek titrab davomi…

Norxidir Haydar (1960)

Norxidir Haydar 1960 yilda Boysun tumanida tug‘ilgan. 1989 yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tamomlagan. “Xotira”, “Yurtim navolari”, “Umid yog‘dusi” she’riy to‘plamlari muallifi. ShOIR QISMATI Hayot haqiqatga o‘rgatsa hamki, Yurak mo‘jizaga intilar hamon. Dilda muhabbatning yengilmas kuchi Ilohiy go‘zallik izlaydi mudom. davomi…