Ma’suma Ahmedova. Begim kunlar (hikoya)

Bugun havoning zahri ketdi.Kun iljaydi.Kampir hassasiga tayanib, asta ayvonga chiqdi. Hovli burchidagi qayrag‘och shoxlarida qushlar chirqilladi. Kecha yomg‘ir ilvillatib ketgan bog‘lardan hovur ko‘tarildi. Qop-qora laycha kuchuk u yondan-bu yonga irg‘idi, shalpangquloq bola “mah-mah”, deya kuchukni olqishladi.Kampir zinalardan asta-asta tusha boshladi. davomi…

Ma’suma Ahmedova. Majburiyat (hikoya)

Quyosh hovlidagi bor narsa: ko‘m-ko‘k ishkomlaru rang-barang gullarni och sariq nurga ko‘mib yubordi. So‘ritoklarning shapaloqday barglari orasidan xotinining uzunchoq, burushiq yuzi ko‘rindi.— Hov, to‘xtang! Miq etmaysiz-a! — Xotini qo‘lini paxsa qilib gapirarkan, u xuddi Mirhaydar brigadirning qarshisida turgandek titrab ketdi. davomi…

Ma’suma Ahmedova. Bayramlik (hikoya)

Xotini ertalab: “Ikki kunning birida ichib yurguncha, ana, may yaqinlashyapti, bolalarga juda bo‘lmasa kiyim-kechak olsangiz-chi”, dedi. U: “Nima, bolalar yalang‘och qolyaptimi, mana, bugun olamiz-da moyanani”, deb javob qaytardi.Ko‘m-ko‘k maysa bilan qoplangan qiyalikdan yugurib tusharkan, xotinining tepadan baqirgan ovozi eshitildi: — davomi…

Ma’suma Ahmedova. Yo‘lda (hikoya)

Ertalabdan havoning avzoyi buzildi. Osmonga qop-qora bulutlar to‘planib, yomg‘ir sharros quyib berdi. Kechagi charaqlagan kunga ishonib yo‘lga chiqqan Rahbar xola shosha-pisha qo‘lidagi to‘rvani titkiladi. Qo‘liga yo‘l-yo‘lakay ariq bo‘yidan terib olgan ismaloq, otquloq, yalpizlar ilashib chiqdi. Xah, o‘lsin-a, to‘rva ichidan arang davomi…


Maqolalar mundarijasi