Rabindranat Tagor (1861-1941)

Tagor Rabindranat (Thakur Robindranath; beng. রবীন্দ্রনাথ ঠাকুর; 1861.7.5 — Kalkutta — 1941.7.8) — hind yozuvchisi va jamoat arbobi. Bengal tilida ijod qilgan. Kalkutta va London universitetlarida o‘qigan (1878—80). Angliyada chiqadigan «Gyanankur» va «Bharati» jurnalilarida dastlabki she’r, doston va maqolalari bosilgan davomi…

Isikava Takuboku (1885-1912)

Isikava Takuboku (石川 啄木) (1885.28.10, Ivate viloyati — 1912.13.4, Tokio) — yapon yozuvchisi, adabiyotshunos. Ijtimoiy va ishqiy mavzudagi she’rlari jahon she’riyatining durdonalari hisoblanadi. Ilk she’riy to‘plami «Intilish va ehtiros» 1905 yil chop etilgan. «Bir siqim tuproq» (1910), «Sado va hushtak» davomi…

Kobayasi Issa (1763-1828)

Yapon she’riyatining eng porloq yulduzlaridan biri Kobayasi Issa (小林一茶; 15.06.1763 — 5.01.1828) kunchiqar mamlakatining Sinano viloyatidagi Kasivabara qishlog‘ida dunyoga kelgan. Tug‘ilganda Kobayasi Nobuyuki ismi berilgan. 13 yoshida nochor hayotdan qutilish uchun ish izlab qishloqni tark etadi. 25 yoshida she’riyat bilan davomi…

Elchin Iskandarzoda (1964)

Elchin Iskandarzoda (Elçin İsgəndərzadə) 1964 yil 16 sentyabrda Ozarbayjonning Shusha shahrida tug‘ilgan. 1986 yilda Ozarbayjon Texnika universitetining Mexanika fakultetini imtiyozli tugatgan. U Texnika fanlari doktori, professor. Xalqaro Eko-energiya akademiyasi (2000), Nyu-York fanlar akademiyasi (2002), Kavkaz xalqlari fanlar akademiyasi (2003), Rossiya davomi…

Adam Mitskevich (1798-1855)

Adam Mitskevich (Adam Bernard Mickiewicz; 1798.24.12, Novogrudka yaqinidagi Zaose qishlog‘i — 1855.26.11, Istanbul) — polyak shoiri, milliy ozodlik harakati arbobi. Polyak romantizmining asoschisi. Vilen universitetini tugatgan (1819), polyak yoshlarining «Filomatlar» («Fan do‘stlari»), «Filaretlar» («Yaxshilik do‘stlari») tashkilotlarida faol ishtirok etgan. Adam davomi…

Qaysar Aminpur (1960-2007)

Qaysar Aminpur (قیصر امین‌پور) 1960 yili Eronning Xuziston viloyatidagi Duzful shahristonida tavallud topgan. Qaysar Aminpur Tehron universitetining Tibbiyot fakultetiga o‘qishga kirdi. Ammo yoshligidan she’riyat va adabiyotga qiziqqan yigit shu yiliyoq tibbiyot fakultetida tahsil olishdan voz kechib, ijtimoiy fanlar fakulteti talabasi davomi…

Bella Axmadulina (1937-2010)

Bella Axmadulina rus she’riyatining XX asr ikkinchi yarmidagi yirik namoyandalaridan biri sanaladi. Shoira 1937 yili Moskvada tug‘ilgan. Bolaligidan she’r yoza boshlagan. O‘rta maktabni tamomlagach, u M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institutiga o‘qishga kiradi. Talabalik paytida uning ko‘plab ocherklari matbuotda e’lon qilinadi. Jumladan, davomi…

Ivan Bunin (1870-1953)

Bunin Ivan Alekseevich [1870.10 (22) 10, Voronej 1953.8.11, Parij] — rus shoiri. Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy akademigi. (1909). 1920 yildan emigratsiyada. Poeziyada rus mumtoz she’riyati an’analarining davomchisi («Xazonrezgi», to‘plam, 1901). Hikoya va povestlarida (ko‘pincha o‘tmishni qo‘msash kayfiyatiga berilgan holda) dvoryanlar davomi…