Zayniddin Vosifiy (1486-1566)

Toshkentdagi Hazrati Imom majmuasi, Abu Bakr Qoffoli Shoshiy maqbarasi tarkibida Zayniddin Vosifiy (زین‌الدین واصفی) ismli muhtaram shaxsning qabri bor. Naqlga ko‘ra, maqbaraga kiraverishdagi chap tarafdagi daxma u zotga mansubdir. Shayx, shoir, adib va alloma bo‘lgan bu zotning to‘liq ismi Shayx davomi…

Mavlaviy-Jununiy (1800-1877)

Nodir so‘z san’atkori, murshidi komil, ulug‘ shoir, mutafakkir alloma, orif oshiq, Mavlaviy-Jununiy (مولوی جنونی) hijriy-qamariy 1216, milodiy 1800 yilda Afg‘oniston mamlakatining Qandahor viloyatida ziyoli xonadonda dunyoga kelgan. U zotning shajaradagi nisbasi hazrati Payg‘ambarimiz alayhissalom xonadonlariga borib taqaladi. Shoirning asl ismi davomi…

Abulvafo Xorazmiy (?-1432)

Muqaddas Xorazm zaminidan ko‘plab dunyoga mashhur aziz-avliyolar, olimu adiblar yetishib chiqqani ma’lum. Bu buyuk zotlar silsilasida Xoja Abulvafo Xorazmiyning ham o‘ziga xos o‘rni bor. Alisher Navoiy bir qator asarlarida uni alohida hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. Chunonchi, «Majolis un-nafois»da davomi…

Majdiddin Bag‘dodiy (1150-1217)

Musulmon olamida mashhur shayx Najmiddin Kubroning iqtidorli shogirdi hamda ulug‘ avliyo va otashnafas shoir Farididdin Attorning ustozi bo‘lgan Majdiddin Bag‘dodiy turli manbalarning xabar berishicha, Xorazmning Bag‘dodak degan qasabasida tug‘ilgan. To‘liq ismi va kuniyati — Abusaid Majdiddin Sharaf ibn Muayyad ibn davomi…

Xurramiy (XVI asr)

«Ravzat ul-oshiqin» (Oshiqlar bog‘i) asarini Xurramiy fors tilida bitgan. 1547 yili Buxoroda Abdulaziz Bahodurxon (1540—1549) davrida yozilgan. Kitobning 1102/1691 yili kuchirilgan nusxasi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Oltining xarj bilan oxir bo‘lar kam, Hunar shunday ganjki, kamaymas hech dam! Ularning farqini aytsam davomi…

Jahon malik xotun (XIV asr)

Otashnafas shoira Jahon Malik Xotun (XIV asr) Sheroz hokimi Abu Ishoq Injuning akasi Jaloliddin Mas’udshohning yolg‘iz farzandi edi. Otasi juda badavlat bo‘lib, butun boyligini Ozarbayjondan Sherozgacha bo‘lgan joylarda madrasa, xonaqoh, rabot va karvonsaroylar qurishga sarflagan. U o‘ldirilgach, shoirtabiat, ilmu ma’rifat davomi…

Xoja Ismat Buxoriy (1365-1436)

Xoja Faxriddin Ismatillo binni Mas’ud Ismat Buxoriy 15 asrning mashhur shoirlaridan. Ma’lumotlarga qaraganda 1365 yilda tug‘ilib, 1436 yilda vafot etgan. Asosan qasida, g‘azal, masnaviy va ruboiylar yozgan. Amir Temur o‘limidan keyin Samarqand taxtini egallagan Xalil Sulton (Temurning nabirasi, Mironshohning o‘g‘li. davomi…

Bobo Afzal (XIII asr)

Bobo Afzal taxallusli Muhammad ibn Hasan ibn Husayn Afzaliddin Koshoniy mashhur fors-tojik shoiri va faylasufi bo‘lib, ba’zi g‘azallarini istisno qilganda, asosan, ruboiy yozish bilan shug‘ullangan. Shoirdan 483 ta ruboiy yetib kelgan bo‘lib, ularda hakimona mulohazalar so‘fiyona mushohadalar bilan omuxta bo‘lib davomi…


Maqolalar mundarijasi