Zebunniso (1639-1702)

Otashzabon shoira Zebunniso (زیب‌النسا مخفی) 1639 yilda Hindistonning Dehli shahrida dunyoga kelgan.U ulug‘ o‘zbek shoiri va davlat arbobi Bobur mirzoning chevarasi Abuzafar Muhiddin Avrangzebning qizidir. Zebunniso bolaligida o‘z davrining taniqli olimlaridan bo‘lmish Muhammad Ashraf Isfahoniydan adabiyot,san’at,musiqa va boshqa dunyoviy bilimlardan davomi…

Foniy (1441-1501)

Ma’lumki, Alisher Navoiy (علیشیر نوایی‎) nafaqat o‘zbek, balki fors-tojik tilida ham Foniy taxallusi bilan barakali ijod qilgan zabardast zullisonayn shoir hisoblanadi. Fors-tojik tilini uning ikkinchi ona tili deyish mumkin. Chunki u ulug‘ fors-tojik so‘z san’atkorlari ta’sirida forsiy tilda ham qalam davomi…

Abdulxoliq G‘ijduvoniy (1103-1179)

Musulmon Sharqida mashhur tariqat piri, xojagon-naqshbandiya silsilasining asoschisi Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy (خواجه عبدالخالق غجدوانی) Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. U boshlang‘ich ta’limni G‘ijduvonda olib, 9 yoshidayoq Qur’oni karimni yod bilgan, 10 yoshidan boshlab darveshlarning zikr tushishlarida faol ishtirok etgan. Keyin davomi…

Najmiddin Kubro (1145-1221)

Mashhur shayx, yirik tasavvuf olimi, xalq qahramoni va otashnafas shoir Najmiddin Kubro (نجم الدين الكبرى‎) Xiva yaqinidagi hozirgi Sayot qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning to‘liq ismi — Ahmad ibn Umar Abuljannob Najmiddin al-Kubro al-Xivaqiy al-Xorazmiy. «Shayxi valiytarosh» — «Avliyolar yetishtiradigan shayx» nomi davomi…

Ubaydiy (1487-1539)

Dashti Qipchoqdagi o‘zbeklar davlatining asoschisi Abulxayrxonning evarasi, Buxoro hokimi Mahmud Sultonning o‘g‘li Abdulg‘ozi Ubaydullo Bahodirxon (عبیدالله خان) XVI asr Movarounnahr adabiy-madaniy hayotida katga o‘rin tutgan mashhur siymolardan biridir. Tarixga, ko‘hna merosga nisbatan hukm surgan biryoklama sinfiy munosabat tufayli uzoq yillar davomi…

Sayido Nasafiy (1637-1710)

Sayido Nasafiy (taxallusi; ismi Mirobid) (1637—Nasaf — 1710) — shoir. Buxoro madrasalarida o‘qigan. To‘quvchilik bilan kun kechirgan. Turdi bilan yaqin do‘st bo‘lgan, uning ta’sirida ijodi kamolga yetgan. Dastlab asarlarida ashtarxoniy hukmdorlarni madh etgan, ularga madhiyalar yozgan. Lekin ijtimoiy tengsizlik, adolatsizliklar davomi…

Mushfiqiy (1538-1588)

Abdurahmon Mushfiqiy (ابدوررحمآني موشفيقي) XVI asrning ikkinchi yarmida yashab, ijod etgan shoir. U 1538 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ota-onasidan barvaqt ajralgan shoir darbadarlikda kun o‘tkazib, hayotning barcha azobu uqubatlarini boshdan kechirgan. Buxorolik bir hunarmand xizmatida bo‘lib, o‘sha insonning marhamati bilan davomi…


Maqolalar mundarijasi