Hakim Sanoiy (1080-1150)

Abdulmajid Majdud binni Odam Sanoiy (حکیم سنایی) XII asrda yashagan buyuk shoir va allomadir. U Xurosonning G‘azni shahrida tug‘ilgan va shu yerda vafot etgan. «Agar muslimiyat Sanoiyning ulug‘ligini ko‘ra bilsaydi, jamiki mo‘minlarning boshidan qalpog‘i tushardi», – degan edi Jaloliddin Rumiy. davomi…

Hofiz Sheroziy (1325-1388)

Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy (خواجه شمس‌الدین محمد حافظ شیرازی) Eronning Sheroz shahrida tug‘ilgan. Lekin butun umri davomida ona shahridan chetga chiqmagan bu «isonafaslik rindi Sheroz» (Navoiy) o‘zining yoniq she’rlari bilan yarim dunyoni egalladi va o‘zidan keyingi Sharqu G‘arb adabiyotiga katta davomi…

Imodiddin Nasimiy (1370-1417)

Sayyid Imodiddin Nasimiy (عمادالدین نسیمی; İmadəddin Nəsimi) Ozarbayjonning Shirvon viloyati Shamohi shahrida tug‘ilgan. Asli ismi — Ali, laqabi — Imodiddin. U o‘z davriga nisbatan mukammal tahsil ko‘rgan: fors, arab tillari va adabiyotini chuqur o‘rgangan. Bundan tashqari, mshggiq, riyoziyot, tabiat va davomi…

Jaloliddin Rumiy (1207-1273)

Jaloliddin Rumiy (جلال‌الدین محمد بلخی) — jahon adabiyotining muazzam siymolaridan biri. U o‘zidan keyingi Sharq va G‘arb so‘z san’atiga katta ta’sir o‘tkazdi. Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi buyuk so‘z ustalari Mavlononi o‘zlariga ustoz deb bilishgan. davomi…

Mahsatiy Ganjaviy (1098 – XII asr)

Mahsatiy Ganjaviy (مهستی گنجوی – 1098 – XII asr o‘rtalari) – fors shoirasi. Musulmon she’riyatining yoqin namoyondalaridan biri. Mahsatiy (“Moh asti” – “Oysan” degani) fazlu kamol sohibasi bo‘lib, tarixiy manbalar uning ilmparvar xonadonda tug‘ilgani, mukammal tahsil ko‘rgani, iste’dodli ruboiynavis bo‘lib davomi…

Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721)

Mirzo Abdulqodir Bedil (عبدالقادر بیدل) — qiyosi yo‘q shoir, mutafakkir va jamiyatshunos olim, o‘ziga xos faylasufona qarashlar sohibi bo‘lgan insondir. Asli Shahrisabzning barlos urug‘idan bo‘lgan shoirning ota-bobolari Hindistonga ko‘chib borib, o‘sha yerda turg‘un yashab qolishgan. Hindistonning Azimobod shahri yaqinidagi Patnada davomi…

Sa’diy Sheroziy (1203-1292)

Mashhur fors-tojik shoiri, adibi va mutafakkiri Muslihiddin Sa’diy Sheroziy (سعدی شیرازی) 1203 yili Sheroz shahrida tug‘ilgan. Otasi Sheroz otabegi Sa’d binni Zangiyning mulozimlaridan bo‘lgan. Lekin u 10—11 yoshlarida otadan yetim qoladi. Saroy tomonidan nafaqa tayinlangan bo‘lsa-da, oilaning moddiy ahvoli og‘ir davomi…

Umar Xayyom (1048-1131)

Ulug‘ faylasuf, shoir, munajjim, matematik va tabib bo‘lgan G‘iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy (عُمَر خَیّام نیشابوری) Eronning Nishopur shahrida tug‘ilgan. Aniq fanlar sohasida o‘z davrining yagonasi bo‘lgan olim tomonidan tuzilgan taqvim, manbalarning yakdillik bilan guvohlik berishicha, amaldagi Grigorian davomi…


Maqolalar mundarijasi