Uuno Kaylas (1901-1933)

Uuno Kaylas (Uuno Kailas) 1901 yilda tug‘ilgan. Zamonaviy fin she’riyatining yorqin namoyandalaridan biri. Matti Kuusining shoir haqidagi: “Kaylas buyuk, umriboqiy, biz uni ilohiylashtiramiz”, – degan so‘zlari she’riyat olamida mashhur. Adabiyotshunoslar esa, Kaylas she’riyati jahon adabiyoti xazinasidagi gavharlardan biridir, deya e’tirof davomi…

Katri Vala (1901-1944)

Katri Vala (Katri Vala; haqiqiy ismi familiyasi Vadenstryom Karin Alise) fin shoirasi va publitsisti. 1901 yil 11 sentyabrda tug‘ilgan. Adabiy faoliyatini yozuvchilarning “Tulenkantayan” (“Mash’aladorlar”) to‘garagida boshlagan. “Olis bog‘” (1924), “Ko‘k qopqa” (1926), “Qaytish” (1934), “Yonayotir jonajon oshyon” (1942) she’riy to‘plamlari davomi…

Aleksis Kivi (1834-1872)

Aleksis Kivi (Aleksis Kivi) – fin shoiri, adib, dramaturg. Fin eposi “Kalevala” ohanglarida “Kullervo” pesasini, “Lea” dramasini yaratdi. Uning “Etti aka-ukalar” asari fin tilidagi birinchi roman hisoblanadi. QUShLAR UYI Qaylardadir moviy dengizda Yashnab yotar yoqimli orol. Chor atrofi o‘t-o‘lan, o‘rmon davomi…

Eyla Kivikkaxo (1921-2004)

Eyla Kivikkaxo (Eila Kivikk’aho) Kareliyaning Sortavala shahrida tavallud topgan. Uning she’rlarida yorqin qat’iylik va kuchli yumor ruhi ustuvor. Shoira novator shoira sifatida tanilgan.Tarjimon sifatida dunyo o‘smirlar va bolalar adabiyotidan ko‘plab asarlarni fin tiliga o‘girgan. TAShXIS Yuraging kulbasin mog‘or bosgan, nam, davomi…

Kasimir Leyno (1866-1919)

Kasimir Leyno (Kasimir Leino) – fin shoiri, adib, teatrshunos, adabiyotshunos, san’at nazariyotchisi. Xelsinki universitetini tugallagan (1888), falsafa fanlari doktori. Ilk she’riy to‘plami – “She’riy tajribalar” (1886) fin she’riyatida o‘ziga xos realizm murojaatnomasiga aylandi. “Kesishgan to‘lqinlar” (1890), “Kengliklar” (1893), “She’rlar” (1899) davomi…

Kaarlo Kramsu (1855–1895)

Kaarlo Kramsu (Kaarlo Kramsu) – fin shoiri. She’rlari turli to‘plamlarda e’lon qilingan. Shoir ruhiyati g‘amgin ohanglarda ifodalanadi. Uning muhabbat lirikasi armon va sog‘inch tuyg‘ulariga yo‘g‘rilgan. Shoir doimiy iztirob va yetishmovchiliklar sabab ruhiy kasalliklar shifoxonasida vafot etgan. ShARShARA BO‘YLAB Shom. Xayollar davomi…

Vilo Kayava (1909-1998)

Vilo Kayavaning (Viljo Kajava) ijodiy yo‘li murakkab bosqichlardan iborat. Uning dastlabki “Quruvchilar” (1935), “Burilish yillari” (1937), “Xayr, sayyoh qush” (1938) kabi she’riy to‘plamlarini tashkil etgan she’rlar asosan grajdanlik ruhi bilan sug‘orilgan. V.Kayava ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy jurnalist sifatida faoliyat davomi…


Maqolalar mundarijasi