Djeyn Kenon (1947-1995)

Jeyn Kenon (Jane Kenyon) – amerikalik shoir va tarjimon. Anna Axmatova she’rlarini rus tilidan inglizchaga tarjima qilgan.

QISQA KIRAR, QISQA SO‘ZLAR U

Men kitob ichida qoldirilgan ul
Ikki yuz yil so‘ngra topilgan bir gul.

Ijodkor, oshiq ham soqchi ham o‘zim…

Ochdan o‘layotgan jajji qizaloq,
Shundoq yonginamda cho‘kadi mutloq…

Mahbus idishiga solingan osh –men…

Men suvman – quduqning boshiga shoshgan,
Ko‘zani limmo-lim to‘ldirib toshgan…

Men – o‘sha, bog‘ida qup-quruq hazon,
Begona o‘t o‘sgan sabrli bog‘bon…

Men toshdan yasalgan zinaga tirgak,
Eshikka osilgan zanjir va ilgak…

Quvonchdan burishgan yurakman azal…
Eng uzun sochdirman,
Oqargan hammadan avval…

Savat to‘ldirilgan turfa mevaga,
Uning ichida men – hadya bevaga…

O‘z holiyaa o‘sgan atirgul – karaxt,
Men – botqoq cho‘qqida o‘sgan bir daraxt…

Ishqim g‘olib chiqar ustingdan, ne tong,
Men sen-la har on,
Faqat
Ismimni aytishni o‘ylaysan qachon…

A’zam Obidov tarjimasi