Kurant zangi

Toshkent kuranti necha yillik tarixlarga guvoh bo‘lib kelmoqda. Bu minora ortiqcha bezak talab etmaydi, qiyofasi esa hech bir zamonda eskirmagan. Har chorak, yarim va bir soatda zang urib turadigan mahobatli inshootni poytaxtimizning ramzi, urib turgan yuragiga qiyoslash mumkin.

Nanohayotga tayyormisiz?

XX asrda samolyotlar, raketalar, televizor va kompyuterlar dunyoni o‘zgartirdi. Olimlarning ta’kidlashicha, nanotex­nologiya­lar yordamida yaratilgan xomashyolar, dori-darmonlar, aloqa va xizmat ko‘rsatish vositalari XXI asr yangi texnika taraqqiyotining asosi bo‘ladi. Ko‘z o‘ngimizda ko‘plab afsonalar haqiqatga aylanib bormoqda. Insonlar atomlarni boshqarish yo‘li bilan davomi…

Nasldan naslga o‘tuvchi genlar

yoxud DNKning tirik jonzotlar hayotidagi o‘rni xususida O‘tgan asrda evolyutsiya jarayonini o‘rgana boshlagan olimlar tirik jonzotlarning o‘z ajdodlariga o‘xshash bo‘lib tug‘ilishi sababi haqida tushunchaga ega emasdilar. Bugungi kunda esa buning genlar va DNK bilan bog‘liq ekani barchaga ma’lum.

To‘maris

(mil. avv. VI asr) Turon xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan jasur sarkarda. Qadimgi yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” (mil. avv. V asr) asarida yozilishicha, Ahamoniylar davlati asoschisi Kir II mil. avv. 530 yilda Turonga bostirib kirganida, To‘maris massagetlar qabilasining davomi…

Farasman

(mil. avv. IV asr) Siyovushiylar sulolasidan bo‘lgan Xorazm podshosi (mil. avv. IV asr). Farasman haqida uzuq-yuluq ma’lumotlar saqlanib qolgan. Mil. avv. 328 yil Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurish chog‘ida Farasman 1500 kishilik otliq qo‘shini bilan Aleksandrning qarorgohi joylashgan Baqtra shahriga davomi…

Afrig‘

Ofrig‘ (IV asr) Milodiy IV asr boshida Xorazmda hukmronlik qilgan xorazmshoh, afrig‘iylar sulolasi asoschisi. Qadimgi Xorazmdagi ko‘plab qal’alarning bunyod etilishi Afrig‘ nomi bilan bog‘liq. 305 yilda xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini Kat shahriga ko‘chiradi. Kat qayta tiklanib, Al-Fir qal’asi ichida shoh davomi…

Nuh ibn Asad

(? – 842) (819-842) Somoniylardan bo‘lgan Samarqand hokimi. Tohiriylardan Abdulla ibn Tohir bilan birga xalifalikdan mustaqil siyosat yurgazishga intilgan, Istaxriy va Ibn Havqallarning yozishicha, xalifa Mu’tasim (833-842) bundan norozi bo‘lib Abdulla ibn Tohirga noma yuborib, uni koyigan. Abdulla bu xatni davomi…

Ahmad ibn Asad

(?-865) (842-864) 817 yildan Farg‘ona va 842 yildan Samarqand amiri bo‘lgan. Somonxudotning nabirasi. Rofe ibn Lays qo‘zg‘oloni paytida Ahmad ibn Asad o‘z birodarlari Nuh, Yahyo va Ilyoslar bilan Sug‘dda qo‘zg‘olonni bostirishda xalifalikka katta yordam bergan. Buning evaziga xalifa Ma’munning ko‘rsatmasiga davomi…

Nasr ibn Ahmad

Nasr I ibn Asad Somoniy (taxm. 848-893) (865-892) O‘zbek davlatchiligidagi somoniylar sulolasining boshlig‘i, Samarqand hokimi (865-892). Somoniylar davlati hukmdori. Nasr ibn Ahmad Norin daryosi bo‘yidagi Haylam qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Ahmad vafotidan (865 yil) keyin u Samarqandni markazga aylantiradi. Buxoro vohasi, davomi…