2021 yilda Ziyouz portalida eng ko‘p o‘qilgan maqolalar, hikoyalar, mualliflar

http://ziyouz.uz/images/kitob.jpg

Google Analytics ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda Ziyouz portaliga tashriflar soni 5 531 679 tani (www.ziyouz.com — 4 107 127; www.ziyouz.uz — 1 424 552) tashkil etdi (kuniga o‘rtacha 15 155 kishi). Tashrif buyurganlarning 80 foizi O‘zbekistondan. Rossiya (5%), Qozog‘iston (5%), Qirg‘iziston (3%), Tojikiston (2%),  AQSh (1%), Turkiya (1%) kabi 165 davlatdan muxlislar tashrif buyurgan.

2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, Ziyouz portalida maqolalar soni: 29079 ta (n.ziyouz.com — 10430, islom.ziyouz.com — 2264, davronbek.ziyouz.com — 533, ziyouz.uz — 14153, ziyouz.uz/ru — 1490, ziyouz.uz/en — 209).

O‘zbek tilidagi eng katta elektron kutubxona — Ziyouz.com kutubxonasida hozirda 13617 ta kitob mavjud.

* * *

O‘zbek tilidagi eng katta adabiy-ma’rifiy portal — www.ziyouz.uz saytida ayni paytda o‘zbek adabiyotidan 3202 tajahon adabiyotidan 1772 ta hikoya o‘rin olgan.

Ushbu ro‘yxatlar 2021 yilda portalda eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar tahlili asosida tuzildi. Ro‘yxatning avvalida eng ko‘p mutolaa qilingan hikoya o‘rin oldi. Ayni muallifning jami 1000 o‘quvchidan kam bo‘lmagan va reytingning yuqori 100 taligidan o‘rin olgan hikoyalari ham ro‘yxatga kiritildi.

O‘zbek adabiyotidan (hikoyalar soni va eng ko‘p o‘qilganiga ko‘ra) Abdulla Qahhor asarlari, jahon adabiyotidan Anton Chexov asarlari eng ko‘p mutolaa qilingan.

O‘zbek adabiyotidan eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar:

1. Abdulla Qahhor. «Dahshat», “O‘g‘ri”, «Anor»«Bemor»
2. Said Ahmad. «Qorako‘z Majnun», “Qoplon”
3. Erkin A’zam. “Tanho qayiq yoxud devonaning orzusi”
4. Odil Yoqubov. «Muzqaymoq»
5. O‘tkir Hoshimov. «Oq bulut, oppoq bulut», “Urushning so‘nggi qurboni”
6. G‘afur G‘ulom. “Mening o‘g‘rigina bolam”
7. Xayriddin Sultonov. «Yo, Jamshid»
8. Asqad Muxtor. “Etik”
9. Javlon Jovliyev. “Lobar, Lobar, Lobarim mening”
10. Abdulla Qodiriy. “Jinlar bazmi”
11. Nazar Eshonqul. «Shamolni tutib bo‘lmaydi»
12. Xurshid Davron. «Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat»
13. Tohir Malik. «Yulduzga aylangan qizaloq»
14. Shukur Xolmirzayev. «O‘zbek xarakteri»
15. Usmon Azim. “Bir dasta qizil gul”
16. Oybek. «Fanorchi ota»
17. Azamat Qorjovov. «Sandiqda saqlangan sir»
18. Erkin Usmon. “Uyimizga mehmon keldi”
19. Jamila Ergasheva. “G‘animati onam”
20. Muhammad Salom. “Kelin”

Jahon adabiyotidan eng ko‘p o‘qilgan hikoyalar:

1. Jek London. «Hayotga muhabbat»
2. Mixail Sholoxov. «Inson taqdiri»
3. Anton Chexov. «Semiz va oriq», «Xameleon», «O‘g‘il bolalar», “G‘ilof bandasi”
4. Ivan Turgenev. «Mumu»
5. Frants Kafka. «Evrilish»
6. Agata Kristi. «Tilsimli shaxmat»,
7. Edgar Allan Po. «Morg ko‘chasidagi qotillik»
8. O‘Genri. “So‘nggi yaproq”
9. Anna Frank. “Chordoq hikoyalari”
10. Rabindranat Tagor. «Nur va soyalar»
11. Aziz Nesin. «Xushtak afandim»
12. Ivan Franko. “Feruza”
13. Murodboy Nizanov. “Odam qanday qariydi?”
14. Chingiz Aytmatov. “Askar bola”
15. Uilyam Folkner. “Emili uchun atirgul”
16. Akutagava Ryunoske. “Do‘zax azoblari”
17. Benjamin Franklin. “Hushtak”
18. Ernest Xeminguey. “Yomg‘irda qolgan mushuk”
19. Mark Tven. «U o‘lganmi yo tirik?»
20. O‘ktoy Oqbol. “Yoshlik qaytib kelmaydi”

* * *

Ayni paytda saytda o‘zbek she’riyatidan 748 nafar muallifning asarlari o‘rin olgan. Jahon she’riyatidan 1333 nafar shoirning she’rlari joylashtirilgan.

O‘zbek she’riyatidan eng ko‘p o‘qilgan sahifalar:

1. Obid Rasul (1922-2001)
2. Alisher Navoiy (1441-1501)
3. Ahmad Yassaviy (XII asr)
4. Abdulla Oripov (1941-2016)
5. Yusuf Xos Hojib (1020-1070)
6. Humoyun (1964)
7. Zikrilla Ne’mat (1961)
8. Safar Barnoyev (1938-2001)
9. Xonzodabegim Jamolova (1999-2021)
10. Erkin Vohidov (1936-2016)
11. Chori Avaz (1957-1992)
12. Chustiy (1904-1983)
13. So‘fi Olloyor (1644-1724)
14. Olqor Damin (1947)
15. Orif To‘xtash (1976)
16. Shukur Sa’dulla (1912-1972)
17. Haziniy (1867-1923)
18. Usmon Nosir (1912-1944)
19. Zafar Diyor (1912-1946)
20. G‘afur G‘ulom (1903-1966)

Jahon she’riyatidan eng ko‘p o‘qilgan sahifalar:

1. Umar Xayyom (1048-1131)
2. Jaloliddin Rumiy (1207-1273)
3. Mixail Lermontov (1814-1841)
4. Sa’diy Sheroziy (1203-1292)
5. Maxtumquli (1733-1783)
6. Ibroyim Yusupov (1929-2008)
7. Yunus Emro (1240-1320)
8. Sergey Yesenin (1895-1925)
9. Xolmurod Safarov (1932)
10. Abdurahmon Jomiy (1414-1492)
11. Aleksandr Pushkin (1799-1837)
12. Muhammad Fuzuliy (1498-1556)
13. Hofiz Sheroziy (1325-1388)
14. Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721)
15. Abu Abdullo Rudakiy (858-941)
16. Abay (1845-1904)
17. Nizomiy Ganjaviy (1141-1209)
18. Rasul Hamzatov (1923-2003)
19. Musa Jalil (1906-1944)
20. Ivan Krilov (1769-1844)

* * *

2021 yilda eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

1. Sohibqiron Amir Temur
2. Alisher Navoiy hikmatlari
3. Ilm – eng buyuk sharaf
4. Mavlono Jaloliddin Rumiy hikmatlari
5. Abror Muxtor Aliy: “Ramazon — ilm va kitobxonlik oyidir”
6. Zahiriddin Muhammad Bobur
7. 2020 yilda Ziyouz portalida eng ko‘p o‘qilgan kitoblar, maqolalar, hikoyalar, she’rlar
8. Begali Qosimov. Mahmudxo‘ja Behbudiy
9. Rakning davosi shunchalik osonmi? (Yong‘oqning tabobatda qo‘llanilishi haqida)
10. Qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasi
11. Begali Qosimov. Abdulla Avloniy
12. Abdurashid Abdug‘afurov. Furqat
13. Abdulla Oripov: “Men nechun sevaman O‘zbekistonni?..” (2008)
14. Chorsham’. To‘qson ikki bovli o‘zbek urug‘lari (1997)
15. Guardian: Barcha davrlarning eng yaxshi 100 kitobi
16. Mutolaa zavqi: 10 ta eng sara kitob haqida
17. Pyotr Falyov. Turkiy xalqlarning so‘z san’ati
18. Abu Nasr Forobiy
19. Dunyoning buyuk romanlari: Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar
20. Marsel Brion yozmagan kitob yoxud soxtalashtirilgan bir asar xususida