Markaziy Amerikada yashaydigan, bo‘yi 20 santimetr (8 dyuym) keladigan mitti baliqning ko‘zi to‘rtta bo‘ladi. Bu baliq, albatta, akvarium va hayvonot bog‘larida ham uchraydi. Ko‘zlarining ikkilangani sharofati o‘laroq ular suv sathida yashashga moslashgan.
Suv va havoning nurni har xil singdirishi sizga ma’lum. Xo‘sh, nima uchun baliq suv tagida yaxshi ko‘rib, havoda qolganida hech narsani ko‘rmaydi. Bunday hol bo‘lmasligi uchun bu baliqning har bir ko‘zi go‘yo yarmidan bo‘linib, mustaqil ko‘zday taassurot qoldiradi, biri havoga, ikkinchisi suvga moslashgan. Biz bu baliqning ko‘zi to‘rtta deb aytayotganimizning sababi mana shunda. Ikki qism suv sathi bo‘yicha bo‘lingan. Yuqori qismi yordamida baliqning ko‘zi tepada bo‘layotgan narsalarni ko‘rib turadi. Ayni chog‘da ko‘zlarining pastki qismi quyida bo‘layotgan narsalarni ko‘rishga imkon beradi.
To‘rt ko‘zli baliq o‘ljasini topmaguncha suv sathida sekin suzadi. Olimlarning farazicha, ular tepasida uchadigan hasharotlar bilan oziqlanadi.
Garchi suv tagidagi o‘ljasini qanday tutishini kuzatishgan bo‘lsa-da, tepadagi hasharotlarni qanday tutishini ko‘rishmagan. Turt ko‘zli baliq hujum qilgan payti atay suvdan sakraydi.
To‘rt ko‘zli baliqning modasi bolalaydi, demak, u o‘z uvuldirig‘ini oshqozonida saqlaydi. Bu yerda ular xavfdan xoli bo‘ladi. Bola tug‘ilishi bilan ona baliq ularni o‘z holiga qo‘yib yuboradi.