Kedr g‘uddasi qanday tuzilishga ega?

Kedr g‘uddasi barcha buyuk narsalar kabi juda sodda tuzilgan. Uning o‘lchami chog‘roq, qora qo‘ng‘ir tusda va tuxumsimon shakldadir. Ammo haqiqiy xazina uning po‘chog‘i ostidadir. Tarkibida oqsil, yog‘ va kraxmal kupligi bo‘yicha kedr yong‘og‘iga teng keladigan mahsulot yo‘q. Kedr yong‘og‘i g‘uddasining yana bir afzalligi shundaki, unda yong‘oqlar yaxshi saqlanadi. Yong‘oqlar kedr daraxti ostiga tushgan taqdirda ham kelgusi hosilga qadar g‘uddadan sochilib ketmaydi va bu o‘rmonda yashovchi hayvonlarga qulaylik tug‘diradi.

Hayvonlar g‘udda bo‘lmaganida yong‘oqlarni yig‘ib olish uchun qancha vaqt sarflashi mumkinligini tasavvur qila olasizmi? Tabiatning o‘zi hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilib, ularni tabiiy ravishda qadoqlab qo‘yganini aytmaysizmi?