Davlat fuqarolik xizmati qachon paydo bo‘lgan?

Hukumat haqida gapirilganda, odatda jamoalar Palatasi majlislarida ishtirok qiluvchi siyosiy arboblarni nazarda tutadilar. Ularning ayrimlari turli-tuman davlat mahkamalarini boshqaradilar. Biroq bu davlat arboblarining ortida oddiy fuqarolarning butun boshli armiyasi turibdiki, agar fuqarolar bo‘lmasa, mamlakat ma’muriy tizimining barcha ishlari hech qanday qiymatga ega bo‘lmay qoladi.

Angliyaning (Davlat uyi) Uayt Xollesida va mamlakatning boshqa muassasalarida xizmat qiladigan turli darajadagi amaldorlar hukumat mashinasining muayyan qismini tashkil etadilar. Qadimgi davrlarda deyarli faqat askarlargina davlat xizmatida bo‘lganlar, xolos. Odatda hukumat mavqeiga yagona monarxgina sazovor bo‘lib, u o‘z atrofidagilarga, jamiyatning oliy tabaqasiga ham ayrim huquqlarni in’om qilardi. Davr o‘tishi bilan hukumatda xizmat qiluvchi kishilar soni ortib bordi. Xizmatning shunday yangi turlari paydo bo‘ldiki, ularni maxsus tayyorgarlik ko‘rgan kishilargina amalga oshirishi taqozo etilardi. Harbiy sohada ishlamaydigan, davlat amaldorlari, fuqarolik xizmatchilari deb yuritila boshlandi.

Davlat muassasasiga ishga qabul qilish tanlov imtihonidan keyin amalga oshiriladi. Bo‘sh ish o‘rni haqidagi ma’lumotlar doimiy ravishda umumdavlat va mahalliy ro‘znomalarda e’lon qilib boriladi.

Albatta, siz Milliy Galereyada va bojxonada xizmat qiluvchi pochtachilar, turma xodimlari va sud ijrochilari, patentchilar, sanoat yo‘riqchilari va Bosh vazirning shaxsiy kotiblari va hokazolarning barcha-barchasi, davlat fuqarolik xizmati deb nom olgan keng tarmoqli tizimning xizmatchilari ekanligini bilib, hayratga tushishingiz mumkin. Binobarin, davlat fuqarolik xizmatining kengayib borishi evaziga uning kuch-qudrati ham oshib boradi.