Sherzod va Gulshod

O‘tgan zamonda bir shaharda Hurshod degan podshoh o‘tgan ekan. O‘nta xotin olgan ekan-u, lekin hech farzand ko‘rmagan ekan. Hurshod farzand ko‘rish uchun yana bir marta uylanishni ixtiyor qilibdi. Shahar ulamolarini chaqirib, shu to‘g‘rida maslahat qilibdi. Ulamolar ham podshohning so‘zini ma’qullab davomi…

Hasan va Husan

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, burungi zamonda xoqoni Chin degan tomonda Yu-San-Chin degan podshoh o‘tgan ekan. Uning yaxshi ko‘rgan Yu-Chin-San degan dono vaziri bor ekan. Har ikkovining ham yoshlari anchaga borib qolgan bo‘lishiga qaramay, farzandlari yo‘q ekan. Kunlarning birida davomi…

Ernazar bilan Kimyonazar

Bir zamonda bir podshoh o‘tgan ekan. U podshohning uchta o‘g‘li va uchta qizi bo‘lgan ekan. To‘ng‘ich o‘g‘lining oti Pirnazar, o‘rtancha o‘g‘lining oti Xo‘janazar, kenja o‘g‘lining oti Ernazar ekan. Pirnazar bilan Xo‘janazar katta xotinidan, Ernazar bilan uchta qizi kichkina xotinidan tug‘ilgan davomi…

Kambag‘al qiz

Zamonlarning zamonida bir podshoh bor ekan. Uning bir o‘g‘li bor ekan. U o‘n ikki yoshga yetibdi. Shahar xalqi buning yomonligidan ko‘p zerikibdi. Podshohga xalq arz qilibdi. “Yo o‘g‘ling tursin, yo biz turaylik”.Podshoh vazir bilan maslahat qilib o‘g‘lini maktabga beribdi. Domlasi: davomi…

Hunardan unar

Burungi zamonda bir podshoh bor ekan. Bir kuni u bir kambag‘alning qizini olmoqchi bo‘lib, sovchi yuboribdi. Sovchilar kelib podshohning so‘zini qizga aytishibdi. Qiz sovchilarga:— Podshohga borib aytinglar, olmoqchi bo‘lsa, men ham roziman. Lekin podshoh bir hunar bilsagina tegaman, bilmasa o‘rgansin, davomi…

Ayiqpolvon

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonlarda bir podshoh bo‘lib, uning Mahliyo, Muhabbat, Iqbol nomli uch qizi bo‘lgan ekan. Mahliyo yigirma ikki yoshga, Muhabbat yigirma yoshga, Iqbol esa o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ekan, go‘zallik bobida yetti iqlimga dong‘i ketgan davomi…

Sehrli shamchiroq

O‘tgan zamonda bir mamlakatda ikki aka-uka bo‘lgan ekan.Ular o‘z qishloqlaridan chiqib ketganlariga bir necha yil bo‘lgan ekan.Ularning qishlog‘ida sakkiz-o‘n yoshli bolalardan bir qanchasi suvi qurigan ariqda qumdan “Ariq-ariq” qilib o‘ynab turgan vaqtda bir mo‘ysafid chol ko‘chadan o‘tib ketayotib, Oloviddin degan davomi…

Pufakvoy

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir shahar chetidagi chorbog‘da bir chol bilan kampir bor ekan. Ular halol mehnat bilan, dehqonchilik qilib kun kechirar ekanlar. Chol-kampirning farzandi yo‘q ekan. Shu sababdan ular qattiq qayg‘urar ekanlar. Yillar o‘tibdi, chol-kampir yana qarib, davomi…

Boyvachcha bilan pari

Bor ekan yo‘q ekan, och ekan, to‘q ekan, bir boy bor ekan. U boyning uch o‘g‘li bor ekan. O‘g‘illar voyaga yetgach boy avval ikki o‘g‘lini uylantirib, uy-joyli qilibdi. Keyin kenja o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘libdi. Kenja o‘g‘il Sari yoy otar ekan. Bir davomi…

Mohistara

Bag‘dod shahrida shohi Odil degan podshoh o‘tgan edi. Shohi Odil o‘z zamonasida o‘zini ko‘p Odil podshoh deb tanitgan edi. Odil shohning uchta xotini bo‘lgan. Xotinlari uzoq vaqt tug‘madi. Oxiri kichik xotini Diloroyim bir o‘g‘il tug‘di. Unga Shavkat deb ot qo‘ydilar. davomi…