Nazar Eshonqul. Qora kitob (qissa)

Birodar, yaxshi odam bo‘lsangiz kerak, ko‘zlaringiz aytib turibdi. Siz ham bu charxi dunyoning ko‘p nadomatlarini boshdan kechirganga o‘xshaysiz. Negadir siz bilan juda suhbatlashgim kelayapti, to‘g‘risini aytsam, hozir kimgadir ko‘nglimni bo‘shatmasam, «tars» yorilib ketadigandayman. Ichganga o‘xshaysiz deysizmi? Nega sekin aytasiz, baqirib davomi…

Nazar Eshonqul. Sibizg‘a volasi (mif-hikoya)

Qamishlar shovuriga quloq tut! Go‘yo o‘z qilmishlarini quyoshdan yashirmoqchiday qalqonlari bilan yuzlarini oftobdan to‘sgancha nayzalarini quyosh nurida yaltillatib, shaharning tosh ko‘chalarini xuddi nog‘ora chalishayotganday bir maromda harbiychasiga to‘qillatgancha erinchoqlik bilan kelayotgan uchta soqchi va oqsoq darbon allazamonlardan beri saroy uchun davomi…

Nazar Eshonqul. Sharpa (hikoya)

Xonangdagi sharpani sezib qolganingga  ancha bo‘ldi. Uning sharpa ekaniga endi iymoning komil edi. U goh g‘uslxonada, goh kitob o‘qib o‘tirganingda, goh xayol surib yotganingda shunday yoningda paydo bo‘lar, sovuq ko‘zlarini senga tikib turganini sezib qolarding. Dastlab men shunday tuyulayapti deb, davomi…

Nazar Eshonqul. Istilo (hikoya)

Sen bu dunyoga xaloskor o‘lgankuni kelgan eding… U uch kundan beri tuz totmagan, tobora holsizlanar, ko‘ngli aynimoqda edi. So‘l xiyobondagi ta’qibdan so‘ng battar tinkasi qurib, yurishga ham madori qolmagan, o‘pkasi kuyib ketayotganday achishar, garchi ta’qib etuvchilarni bir soatcha oldin chalg‘itib davomi…

Nazar Eshonqul. O‘pqon (hikoya)

Chorrahadan o‘tishi bilan trolleybus tez yurib ketdi; endi yo‘l unchalik gavjum emasdi. Trolleybusni quvlab o‘tayotgan yengil mashinalar ba’zi-ba’zida bir-birini ogohlantirgandek quvnoq signal berib qo‘yardi. Trolleybusda yo‘lovchilar anchagina; o‘rindiqlar to‘lgan, o‘rtada ham besh-olti yo‘lovchi tik turardi. Zavol payti bo‘lgani uchun trolleybusning davomi…


Maqolalar mundarijasi