Bobur. Bahor ayyomidur, dog‘i yigitlikning avonidur (video)

Bahor ayyomidur, dog‘i yigitlikning avonidur,
Ketur, soqiy, sharobi nobkim, ishrat zamonidur.

Gahi sahro uzori lola shaklidin erur gulgun,
Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg‘uvonidur.

Yana sahni chaman bo‘ldi munaqqash ranga gullardin,
Magarkim sun’ning naqqoshig‘a rang imtihonidur.

Yuzung, ey sarv, jonim gulshanining toza gulzori,
Qading, ey gul, hayotim bog‘ining sarvi ravonidur.

Ne yerda bo‘lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning,
G‘aribingg‘a tarahhum aylagilkim, andijonidur.

Zahiriddin Muhammad Bobur