Ahmad Shavqiy (1868-1932)

Ahmad Shavqiy (أحمد شوقي) (1868.16.10, Qohira — 1932.14.10) — arab shoiri. «Amir ash-shuaro» («shoirlar amiri») unvonini olgan. Ijodida frantsuz klassitsizmi va romantik she’riyati ta’siri seziladi. Parijda «Bulon o‘rmoni» va «Ulug‘ Alibey yoki Mamluklar davlati» (1893) asarlarini nashr ettirgan. Misr xalqi davomi…

Villem Bilderdeyk (1756-1831)

Shoir va olim Bilderdeyk (Willem Bilderdijk) yoshlik yillarini ko‘hna va zamonaviy tillarni, matematika, falakiyot, yer haqidagi fanlar va harbiy ilmlarni o‘rganishga sarfladi. Leyden universitetini tamomlab, 1782 yilda Gaagada advokat bo‘lib ishlaydi. 1792 yilda yangi hukmdorlarga sodiq bo‘lishga ont ichmagandan keyin, davomi…

Yan Yanson Starter (1593-1626)

Yan Yanson Starter (Jan Jansz. Starter) – niderland shoiri. 1614 yili Leyvardenda kitob savdosi bilan shug‘ullangan. Mahalliy notiqlar maktabini tashkil qilgani uchun katolik dinidan ajralib chiqqan kalvinchi nasroniy ruhoniylari unga qattiq hujum qildilar. 1620 yilda oilasi bilan Frantsiyaga ko‘chib ketishga davomi…

Peter Nikolaas Van Eyk (1887-1954)

Nikolas Petrus Van Eyk (Pieter Nicolaas van Eyck) – shoir, nosir va essenavis. O‘tgan asrning 20-yillarida “Yangi Rotterdam gazetasi”ning Rimdagi va Londondagi muxbiri bo‘lib ishlagan. 1930 yilda “Leyding” nomli jurnalga asos soldi. 1935 yildan Leyden niderland adabiyoti professori bo‘lib ishladi. davomi…

Gerbrand Adrianson Bredero (1585-1618)

Golland shoiri va dramaturgi Gerbrand Adrianson Bredero (Gerbrand Adriaensz. Bredero) Amsterdamda tasviriy san’at maktabida o‘qigan. Ammo 1608 yildan boshlab o‘zini butunlay adabiyotga bag‘ishladi. Uning ijodida Niderland xalqining hayoti har taraflama aks ettirildi. Bredero antik adabiyot va italyan uyg‘onish adabiyotining ta’siriga davomi…

Muhammad Hofiz Ibrohim (1871-1932)

Muhammad Hofiz Ibrohim (محمد حافظ بن إبراهيم) – misrlik shoir, “Nil shoiri” nomi bilan mashhur bo‘lgan. ShE’RIYaT She’r –bunyod bo‘lgansan orzu-armondan — Yozgan ahli donish, hisga bo‘lib g‘arq. G‘ofil el uyquga cho‘mib yotganda, G‘azal bitdi oqshom bir farzandi Sharq. She’riyat, davomi…

Uolt Uitmen (1819-1892)

Uolt Uitmenning (Walt Whitman) ajdodlari asli gollandiyalik bo‘lishgan. Bo‘lajak shoir Nyu-York shtatining Long-Aylend orolidagi qishloqda, ko‘p bolalik katta oilada tug‘ilgan. Uolt To‘qqiz bolaning to‘ng‘ichi edi. 1825-1830 yillarda Bruklindagi maktabda o‘qidi. Yetishmovchilik tufayli o‘zini ishga urdi. Xat-xabar tashuvchi, bosmaxonada harf teruvchi-taxlovchi, davomi…

Ma’mun ash-Shinaviy (1914-1994)

Ma’mun ash-Shinaviy (مأمون الشناوي) – misrlik mashhur shoir. U 1914 yili Mansur shahrida tug‘ilgan. UYG‘ON, SEVGILIM… Uyg‘on, sevgilim, uyg‘on, Kun berma uyqularga, Uyg‘on, ko‘zlaringni och, Qara yangi kunlarga! Uyg‘on, sevgilim, uyg‘on, Yurakdan uyquni quv Qara, tip-tiniq osmon, Tovlanib turipti u. davomi…