Krishan Chandar. Ayol qalbi (hikoya)

Sudha chiroyli ham emasdi, xunuk ham. Risoladagi qizlardayin bir qiz edi. Yuzi bug‘doyrang, oyoq-qo‘llarining terisi tip-tiniq, fe’li biroz kaj bo‘lgani bilan juda mehnatkash: ish deganni tindiradi. Ovqatni-ku asal qilib yuboradi, kashta-ro‘mol tikishga suyagi yo‘q, savodxonlikda ham hech kimdan qolishmaydi. Ammo davomi…

Rabindranat Tagor. Sohil hikoyasi (hikoya)

Agar shu kungacha ko‘rgan-kechirganlarimning hammasini toshlarimga batafsil yozib borishning iloji bo‘lganda edi, birgina zinapoyamning o‘zini o‘qib chiqishga bir necha kun kerak bo‘lardi. Modomiki o‘tmishdan hikoyat tinglash niyatingiz bor ekan, keling, zinapoyamga o‘tiring-da, to‘lqinlar shovqiniga quloq tuting. Ular qa’ridan allaqachonlar unut davomi…

Vidiya Naypol. Ikki dunyo (Nobel ma’ruzasi)

Bugun men g‘alati holatdaman. Omma oldida qiroatlar qilar edim-u, ammo ma’ruzalar o‘qimaganman. Mendan ma’ruza qilishni so‘raganlarga, bu mening qo‘limdan kelmaydi deb javob berar edim. Haqiqatan ham shunday. Qariyb yarim asrlik hayotini so‘zlar va hissiyotlarga bag‘ishlagan odamning aytadigan gapi bo‘lmasligi qiziq davomi…

Aleksandr Kuprin. So‘nggi ijro (hikoya)

Uchinchi va to‘rtinchi ko‘rinishlar oralig‘idagi tanaffus yakunlanmoqda edi. Kapelmeyster Gekkendolf Bobil asirligidagi yahudiylar yig‘isi g‘oyatda yorqin tasvirlangan eng qiziqarli joygacha hozirgina yetib keldi. Ivan Ivanovich nuqul serjazava, fuga nola qilib turadigan shunday pesalarni jonidan yaxshi ko‘rardi – unda fleytaning hasrat davomi…

O’Genri. Yigirma yildan so‘ng (hikoya)

Politsiyachi posbon ko‘chadan vajohat bilan o‘tib borardi. U yakkam-dukkam uchraydigan yo‘lovchilarni hayratga solish uchun ataylab vajohatli ko‘rinayotgandir, balki bu unga odat bo‘lib qolgandir. Havo nam, hali soat kechki o‘n bo‘lib ulgurmagan esa-da, qattiq esayotgan shamoldan yomg‘ir hidi kelardi, ko‘chalar deyarli davomi…

Somdev. Dostonlar ummoni (birinchi kitob)

RIVOYaTGA MUQADDIMA Bir zamonlar Mandar tog‘i bilan pishib chayqatilgan bahri ummondan abadiyat obi hayoti – amrit ajralib chiqqandayin, ushbu rivoyat oliyjanob Girindrning qiziga oshiqi beqaror bo‘lib qolgan Harning lablaridan vujudga kelmish. Uning mazasidan hech o‘ylab-netib o‘tirmay totib ko‘rganlar barcha balo-ofatlardan davomi…