Karl Sendberg (1878-1967)

Amerikalik shoir, tarixchi, adib, ikki marta Pulitser mukofoti sohibi Karl Sendberg (Carl Sandburg) shved muhojiri oilasida tug‘ilgan. Uning she’riyati Uolt Uitmen, Verxarn va frantsuz simvilistlari ta’sirida shakllangan. Uning “Chikago” (1916), “Makkajo‘xori yig‘uvchilar” (1918), “Tutun va po‘lat” (1920), “G‘arb quyoshi kuydirgan davomi…

Stiven Kreyn (1871-1900)

Amerikalik shoir Stiven Kreyn (Stephen Crane) ko‘proq yozuvchi – nasrnavis sifatida mashhur. Uning urush mavzusidagi “Zafarning qizil ramzi” qissasi, xarobazor va tashlandiq mintaqalarning qashshoq odamlari hayotidan olib yozgan novellalari diqqatga sazovor. Adibning she’rlari ham teran fikr va mazmun bilan ajralib davomi…

Ernest Xeminguey. Ko‘prikdagi chol (hikoya)

1-tarjima KO‘PRIKDAGI ChOL Gardishli ko‘zoynak taqqan, juldur kiyingan chol yo‘l chetida o‘tirardi. Daryoga qurilgan ponton ko‘prikdan esa aravalar, yuk ulovlari, erkagu ayol, bola-baqra o‘tib turardi. Xachirga qo‘shilgan aravalar askarlar nazoratida ko‘prikdan sohilga chiqarib qo‘yilar, vakillarga topshirilardi. Goho dehqonlar, to‘piqlarigacha changga davomi…

Mark Tven. Shlyapadagi sariyog‘ (hikoya)

Qish oqshomlaridan biri edi. Qishloq mag‘ozasi mudiri do‘konini bekitmoqchi bo‘ldi. Derazalarni yopayotib ichkarida yurgan odamga ko‘zi tushdi. U shkafdan bir funtcha sariyog‘ oldida, shlyapasiga soldi. «Bir boplayki, o‘g‘irlik qilganiga pushaymon bo‘lsin», deya ahd qildi mudir. — Ha, Set?— dedi u davomi…

O’Genri. Tumordagi surat (hikoya)

Shanba oqshomi Endi Donavan oltinchi mavzedagi uyiga kelib, yangi qo‘shnisi—yoshgina Konvey xonim bilan tanishdi. U odmigina qizg‘ish ko‘ylak kiyib olgan-di. Ikki hafta o‘tib, Endi yo‘lda tamaki tutatib ketarkan, orqasida ship-ship tovush eshitildi. O‘girilib qaradi-yu, ko‘zini uzolmay qoldi: Konvey xonim! Ko‘ylagi davomi…

Uilyam Saroyan. Qishloqi cholning amriqolik sayyohga nasihati (hikoya)

Malik tog‘am Fresnodan Nyu-Yorkka jo‘nayotganida uni kuzatish uchun qo‘nalg‘aga kelgan amakisi — Garri bobo nasihat qila boshladi: — Quloq sol, Malik,— dedi qariya,— poyezdga chiqqach, avvalo, yaxshiroq joy tanlab o‘tir, atrofga alanglama. — Xo‘p,— dedi tog‘am. — Poyezd qo‘zg‘algach, yo‘lakda davomi…

Mark Tven. Xato o‘xshatish (hikoya)

Do‘stim ikkimiz Nyu-York yaqinidagi Salomanka bekatiga sal kechikib yetib keldik. Bekat sahnida yo‘lov-chilar g‘uj-g‘uj, odamga liq to‘la poyezdga chiqib olish uchun yelib-yugurishardi. «Mendek mashhur yozuvchini ham shunday qisishadimi odamlar», deya o‘ylab, kassaga zo‘rg‘a yaqinlashdim. Chip-tafurush yigitdan xos vagonga ikkita chipta davomi…

Edgar Allan Po (1809-1849)

Mashhur amerikalik adib, shoir va noshir Edgar Po (Edgar Allan Poe) 1809 yilning 19 yanvarida Boston shahrida dunyoga kelgan. Edgar Po Yevropada so‘na boshlagan, ammo Amerikada yangilangan G‘arb romantizmining yorqin vakillaridan biri, Amerika adabiyotida fantastik-detektiv janriga asos solgan ijodkor hisoblanadi. davomi…