Yangi avlod ovozi (Qozoqboy Yo‘ldoshev, Umarali Normatov, Ibrohim G‘afurov) (2013)

XULOSA: Ibrohim G‘afurov javoblari: O‘zbekiston va uning xalqi ko‘z ochib yumguncha Istiqlolning chorak asriga yaqinlashib qoldi. Adabiyotchilar uchun bu endi adabiy jarayonlar borasida masofadan turib fikrlash va ayrim xulosalar chiqarishga imkon beradi. Bugun hamda ertaga qanday yo‘llar, yo‘nalishlarda yozish ma’qul, davomi…

Umarali Normatov: “Hozirgi kunda adabiyotni Internetsiz tasavvur etish qiyin” (2011)

O‘zMU professori Umarali Normatov bilan suhbat — O‘zbek adabiyoti uchun keyingi yillar chinakam jonlanish davri bo‘ldi. Davlatimiz tomonidan adabiyotga, ma’naviyatga juda katta e’tibor berilmoqda. Xususan, Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini takomillashtirish, ijodkorlarni rag‘batlantirish, ularga qulay shart-sharoit yaratish borasida talay ishlar amalga oshirildi. davomi…

Umarali Normatov. Yangi davr olimi: U qanday bo‘lishi kerak?

Himoya jarayonidagi o‘ylar Istiqlol davrida nufuzli ilmiy kengashlarda yoqlanayotgan dissertatsiyalar va dissertantlarga qo‘yilayotgan talablar oshirilib, ilmiy daraja berish tizimini takomillashtirish choralari ko‘rilgani ayni muddao bo‘ldi. Jumladan, fan nomzodi, xususan, doktorlik ilmiy darajasini olishga da’vogar tadqiqotchi albatta xorijiy tillardan kamida bir-ikkitasini davomi…

Umarali Normatov: «Mo‘jizalarning mo‘jizasi» hamda «saralamoq» bobidagi oqsoqlik xususida

Modomiki “Yoshlik” xonadonimizga tashrif buyurgan ekan, suhbat avvalida bir gapni aytib o‘tsam, muhtaram jurnalxonlar buni maqtanishga yo‘ymaslar, degan umiddaman. So‘z san’atining mehrigiyosimi yoki taqdir taqozo­simi, umr yo‘ldoshim Veneraxon ham filolog – uzoq yillar maktabda adabiyotdan dars bergan, hozir nafaqada, oilada davomi…

Umarali Normatov. Mirza akaning nadomati (2009)

Taniqli yozuvchi, publitsist va tarjimon Mirzakalon Ismoiliyni biz tengi tanish-bilishlari ixchamgina qilib “Mirza aka”, deb atar edik. Kamina ham bir oddiy kitobxon, qolaversa, munaqqid sifatida uning qalami ostidan chiqqan har bir asarini muntazam o‘qib, kuzatib borardim. Ularning ayrimlari haqida yozganman, davomi…

Umarali Normatov. Sehrli to‘rt satr (2009)

Mashhur adibimiz Shuhratning ellik yoshlik to‘yi 1968 yil bahorida o‘tkazilishi kerak edi. Bir necha sabablarga ko‘ra yubiley kechiktirildi. Shuhrat aka volidai muhtaramalarini nihoyatda hurmat qilardi. O‘zining ellik yoshlik yubileyi taraddudi haqida so‘z ochilganida, u kishi onam sakson yoshga to‘lyapti, avval davomi…

Umarali Normatov. Serjilo kulgi (1991)

Abdulla Qodiriyning hajviy merosi hanuzgacha to‘laligicha yig‘ilgan, atroflicha o‘rganilgan emas. Adibning hajviy iste’dodi 20-yillarda to‘laroq namoyon bo‘lgan. Yozuvchi o‘sha kezlari bizda «o‘tkir kulgi ijodchilari yo‘qligidan», «bu kungi hajviyotimizda keskinlik» yetishmayotganligidan afsuslanadi. «Biroq yaxshi xususiyatimiz shundaki, har zamon jamiyatning qitig‘ini izlaymiz, davomi…