Dilmurod Quronov, Feruza Habibullayeva. “O‘tkan kunlar” tarjimasi: tahlil va tavsiyalar

Islom Karimov fondining feysbukdagi sahifasida quvonchli bir xabar e’lon qilindi. Unda aytilishicha, “Fond O‘zbekistonning ­YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda atoqli o‘zbek adibi Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining ingliz va frantsuz tillariga tarjimasiga bosh-qosh bo‘lmoqda”. Xabarda yana “milliy ma’naviy boylikka” aylangan davomi…

Ulug‘bek Hamdam. She’riyatimizda Qodiriy an’analari

Abdulla Qodiriy va Erkin Vohidov E.Vohidov ijodining A.Qodiriy merosiga aloqadorligi bir qarashda ko‘zga yaqqol tashlanmasligi mumkin, lekin sinchiklab ko‘zdan kechirilganda ustoz-shogird ma’nosidagi ijodiy ta’sirlanishni ko‘rmaslik mumkin emas. Umuman olganda esa, Qodiriydan keyin o‘zbek adabiyoti maydoniga kirgan jiddiy ijodkorlarning deyarli hammasi davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev. Romanning bir fazilati

Atoqli adib Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani shu paytgacha avlodlar uchun o‘ziga xos adabiy-estetik maktab vazifasini o‘tadi va o‘tamoqda. Bu jarayon uzluksiz davom etaveradi. Zotan, badiiy jihatdan yuksak asarning hamisha insoniyatga adabiy saboq bo‘lishdek xosiyati bor. Taassufki, sho‘rolar zamonida badiiy davomi…

Boybo‘ta Do‘stqorayev. Ikki buyuk siymo

Cho‘lpon va Qodiriyning XX asr boshlarida o‘zbek zamonaviy adabiyotining qaror topishidagi buyuk xizmatlari, o‘lmas asarlari haqida talaygina kitoblar, ilmiy-tadqiqot ishlari yozilgan va yozilajak. Kamina ushbu maqolada ikki atoqli adib ijodiga xos zohiriy va botiniy mushtarakliklar, ko‘zga tashlanadigan va tashlanmaydigan ichki davomi…

Elmurod Nishonov. Haqiqat – ochib so‘zlashdadir

XX asr madaniyatimizning benazir namoyondasi, adabiy o‘zbek tilining yaratuvchilaridan biri bo‘lmish Abdulla Qodiriy ijodiy merosi xalqimizning boqiy xazinasidir. Adib milliy romanchiligimizga asos soldi. Ulug‘ so‘z san’atkorining bu tarixiy xizmati hech qachon unutilmaydi. Bu haqda mashhur qozoq adibi Muxtor Avezov «Abdulla davomi…

Umarali Normatov. Serjilo kulgi (1991)

Abdulla Qodiriyning hajviy merosi hanuzgacha to‘laligicha yig‘ilgan, atroflicha o‘rganilgan emas. Adibning hajviy iste’dodi 20-yillarda to‘laroq namoyon bo‘lgan. Yozuvchi o‘sha kezlari bizda «o‘tkir kulgi ijodchilari yo‘qligidan», «bu kungi hajviyotimizda keskinlik» yetishmayotganligidan afsuslanadi. «Biroq yaxshi xususiyatimiz shundaki, har zamon jamiyatning qitig‘ini izlaymiz, davomi…

Umarali Normatov. Qalb dramasi va nafosati (2004)

Mumtoz she’riyatimizning nodir namunalariga xos eng muhim xususiyatlardan biri shuki, ularda shoir (lirik qahramon) qalbining adadsiz qiynoqlari, ohu zorlari o‘quvchini larzaga solar darajada butun keskinligi, dramalari bilan izhor etiladi. Ayni paytda shu ruhiy qiynoqlar ifodasi kishi ko‘nglini asir etadigan, ovutadigan davomi…