Bahodir Qobul. Nafaqa (hikoya)
1 Qishloqda avval ko‘cha uyg‘onadi…Kattasoydan boshlanib, qishloqni qoq ikkiga bo‘lib, naqd Kattatoqqa borib qadaladigan yo‘l aslida yog‘in-sochin ko‘p bo‘lganda chag‘atu-o‘ngir, hovliyu-hayotlardan yig‘iladigan selu selovani soyga quyadigan jar. Ham jar, ham ko‘cha. Shuning uchun Jarko‘cha deyishadi. Turkqishloqning yaxshi-yomoni shu ko‘chada. Rizqi davomi…