Muhammadjon Imomnazarov. Alisher Navoiy davri adabiyotining rivojlanish bosqichlari

Hozirda “jahon ilmi” deganda, nazariy jihatdan, ko‘proq Yevropa mintaqasida shakllangan ilmiy andazalar tasavvur etilmoqda. Aslida, Yer yuzining turli hududlarida ming yillar davomida shakllangan ko‘plab mintaqaviy madaniyatlar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro aloqa va ta’sirga kirishgan mustaqil hamda zalvorli madaniyat tizimlarini hosil davomi…

Muhammad Shodiy. Askiya faqat kuldirish emas…

Xalq ijodida o‘ziga xos o‘rni bo‘lgan, xususan, Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan askiyaga bolalikdan mehr qo‘yganmiz. Sayil va tomoshalar askiyasiz o‘tmasdi. “Gulmisiz, rayhonmisiz, jambilmisiz?» deb boshlanadigan ikki guruhning tarafma-taraf bahsini, so‘z o‘yinlariyu qiziq-qiziq hangomalardan yurakdan otilib chiqqan qah-qahalar gullagan davralarni qo‘msaymiz. davomi…

Bahrom Ro‘zimuhammad, Sayyora Solayeva. “Jaranglab turadi parvozlarimiz!..” (2018)

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, atoqli shoir, mohir tarjimon, tasavvufshunos olim Matnazar Abdulhakim hayoti va ijodi haqida jurnalist Sayyora Solayevaning taniqli shoir Bahrom Ro‘zimuhammad bilan suhbati Sayyora Solayeva: – Bahrom aka, suhbatimizni avvalo ustoz Matnazar Abdulhakimning milliy adabiyotimizda tutgan o‘rni davomi…

Shermuhammadbek (1893-1970)

Turkiston mustaqilligi uchun sovet rejimi va qizil armiyaga qarshi kurashda istiqlolchilik harakatining harbiy yo‘lboshchilari – qo‘rboshilar muhim rol o‘ynashgan. Ana shunday qo‘rboshilardan biri Shermuhammadbek (1893 – 1970) hisoblanadi. Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining rahbarlari o‘rtasida Shermuhammadbek alohida ajralib turadi. Shermuhammadbek qo‘rboshi davomi…

Muhammadjon Xolbekov. Ingliz uyg‘onish davri dramaturgiyasi: Uilyam Shekspir

Uilyam Shekspir (William Shakespeare) 1564 yilda Ang­liyaning Uoppikshir grafligi hududidagi Evon daryosi ustida joylashgan Stretford shaharchasida qo‘lqopsoz kosib Jon Shekspir oilasida dunyoga keldi. Bu haqda ma’lumot Stretforddagi Avliyo Troitsa cherkovining qaydnoma kitobida zikr qilingan. Adibning bolaligi va yoshligi haqida to‘laroq davomi…

Yusuf Qorabog‘iy (1563-1647)

Markaziy Osiyoning XVII asrdagi ijtimoiy va ilmiy tafakkurining yirik namoyandasi Ibn Muhammadjon Yusuf al-Qorabog‘iy al-Muhammad Shohiy aslida ozarbayjonlik bo‘lib, o‘zining buyuk salaflari asarlaridagi ba’zi ilg‘or an’analarni davom ettira olgan ijodkordir. Sharq manbalarida olimning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar uchraydi. Ammo davomi…