Ziyolilar: kim nima o‘qiyapti?

«Yangi kitob» nashriyoti va ziyouz.uz portali hamkorlikda kichik tadqiqot o‘tkazdi. Yurtimiz ziyolilaridan ayni kunlarda qanday kitob o‘qiyotgani so‘raldi va 120 dan ziyod javob olindi. Shu tariqa o‘ziga xos ma’lumotlar zaxirasi jamlandi. Atoqli olimlar, yozuvchi-shoirlar, adabiyot va boshqa soha vakillari – davomi…

O‘zbek nasri (532 ta)

O‘zbek nasri Abbos Said. Qariya (qissalar, hikoyalar) Abdulhamid Cho‘lpon. Hikoyalar, tarjimalar Abdulhamid Ismoil. Jinlar bazmi Abdulhamid Ismoil. Murtad (qissa) Abdulla Ayizov. Polvon yig‘lagan tun (qissa) Abdulla Chimirzayev. Hayot yog‘dulari (hikoyalar) Abdulla Qahhor. Asarlar. 5 jildlik. 2-jild. Qo‘shchinor chiroqlari Abdulla Qahhor. davomi…

Xursandbek To‘liboyev. “Yuzni bur daryoning mavjlari tomon…”

“Umr o‘tib borar misoli ertak”. Ustoz Abdulla aka umrining so‘nggi yillarida daryo bo‘ylariga, to‘lqinlar shiddati bo‘lsa ham, sokinlik va osoyishta xilvat maskanlarga borgim keladi deb, aytgan edi suhbatlashganimizda. “Daryoga borib qaniydi suvga aytsang dardingni, baliqlar eshitsa”, degandi. Men ustoz yuragining davomi…

Nusrat Rahmat. Sarhisob 43

Sarhisobning so‘nggi bobini yozayotganga o‘xshayman… Uni kaminaning iqrornomasi o‘rnida qabul qilishingiz ham mumkin. Agar “Noxush xayollar” degan hikoyamni o‘qigan bo‘lsangiz, aynan mening yoshim (74) dagi bosh qahramon Vahob Kabirovich, bir yilga yetmay, bu yorug‘ olamni tark etaman, degan noxush va davomi…

“Temir xotin”, “Temir erkak”, 1997 yil tafsiloti, qabul qilinmagan 6 ta stsenariy va hokazo… (2013)

Dramaturg Sharof Boshbekov va yozuvchi Anvar Namozov suhbati Sharof Boshbekov – taniqli ijodkor. Uning uslubiga xos hazil-mutoyiba, chapanilik, sodda-to‘porilik muxlislarni o‘ziga jalb etgan. “Temir xotin”, “Charxpalak”, “Masxaraboz” nomli pesa, teleserial va badiiy filmlari hozirgi kunda ham oynai jahon orqali namoyish davomi…

O‘zbek dramaturgiyasi, publitsistika, ilmiy-ommabop maqolalar (200 ta)

O‘zbek dramaturgiyasi Abdulla Avloniy. Advokatlik osonmi (drama) Abdulla Avloniy. Biz va siz (drama) Abdulla Avloniy. Pinak (drama) Abdulla Avloniy. Po‘rtug‘oliyo inqilobi (drama) Abdulla Badriy. Juvonmarg (drama) Abdulla Qahhor. Ayajonlarim (pesa) Abdulla Qahhor. Og‘riq tishlar (komediya) Abdulla Qahhor. So‘nggi nusxalar (Tobutdan davomi…

Omon Matjon: «Dilimning rangini gul bilsa bo‘ldi…» (1989)

— Omon aka, keling suhbatimizni o‘zbek xalqining ko‘z qoracho‘g‘idek asrab-avaylab kelayotgan milliy urf-odatlaridan boshlaylik. Chunki har bir xalqning milliy qiyofasini birinchi navbatda uning o‘ziga xos udumlari belgilaydi-da! Shunday emasmi? — Albatta. Bizning xalqimizda yaxshi odatlar» juda ko‘p. Odatlar qomusi tuzilsayam davomi…

Abdulla Oripov. Buyuk eposga ehtirom (1999)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ulug‘ eposimiz — “Alpomish” dostonining katta to‘yini nishonlash to‘g‘risidagi tarixiy qarori xalq og‘zaki ijodiga, buyuk merosga yuksak ehtiromning yorqin ifodasi bo‘ldi. Ushbu qarorda “Alpomish” dostoni ajdodlarimiz ijodiy dahosining ulkan badiiy yodgorligi sifatida jahon xalqlari etnik ijodiyoti davomi…

Qudrat Do‘stmuhammad. Umr lahzalari (akademik Vosil Qobulovning “Kundaliklar”i haqida)

Vosil aka “Kibernetika”ga rahbarlikni 1992 yili yoshlar qo‘liga topshirganlaridan keyin, bir muncha vaqt o‘tib, har haftaning chorshanbasida norasmiy “ochiq eshiklar” kuni o‘tkazadigan bo‘ldilar. Ya’ni kimning qanday gapi, qanday muammosi bo‘lsa, uchrashib, maslahatlar olib ketardi. Men bu vaqtlar oliy o‘quv yurtlaridan davomi…