“Sinxua” – davr bilan hamqadam agentlik

“Sinxua” axborot agentligi Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston hayotiga doir voqea-hodisalarni yanada kengroq yoritishga intiladi. Bu haqda axborot agentligi rasmiy sayti (Xinhuanet.com) bosh muharriri o‘rinbosari Kevin Liu Pekinda O‘zbekiston jurnalistlari delegatsiyasi bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Kevin Liuning qayd etishicha, bugun Xitoy davomi…

Luqmon Bo‘rixon. Boltaboyning bolasi (hikoya)

Tevarakdan allaqanday dori-darmonlarning achimsiq isi anqiydi. Yelkasiga yelvagay tashlangan oppoq xalat tugmasini asabiy o‘ynagan ko‘yi shifoxona yo‘lagida betoqat yurinib turgan Qayum Ochilovich Idrisov qarshisidagi oynaband eshikka tez-tez umid­vor ko‘z tashlab qo‘yardi. U yon-bu yon sassiz, sharpasiz o‘tib qaytayotgan hamshiralar, xizmatchilar davomi…

Madxav Prasad Gimir (1919)

Madxav Prasad Gimir (माधव प्रसाद घिमिरे) – Nepal shoiri. “Rajeshvari” va “Osiy ona” dostonlari unga katta shuhrat keltirgan. QADRDON TOG‘LAR Men shunday sevamanki vatanim tog‘larini, Uning moviy ko‘llari ko‘zgu erur falakka, Undagi vodiylaru go‘zallikning barini… Sevdim, samosi esa lojuvard yuksaklik, davomi…

Paganini musiqasining sehri

Italiyalik mashhur bastakor, skripkachi, benazir sozanda Nikollo Paganini 1782 yil 27 oktyabrida Genuya respublikasining Genuya shahrida tug‘ildi. U musiqa romantizmi asoschilaridan biri. Skripkachilardan birinchi bo‘lib 24 musiqa va 5 kontsertni yoddan ijro etgan noyob iste’dod sohibi ham edi. U haqda davomi…

Ozod Sharafiddinov. Dovondagi o‘ylar

Ozod Sharafiddinov. Dovondagi o‘ylar. – Toshkent, «Ma’naviyat», 2004 O‘zbekiston Qahramoni, olim va adib Ozod Sharafiddinov mazkur asarida asrlar va asrdoshlar, istiqlol va uning olis, yaqindagi jonfidolari, darg‘alari obrazini yaratgan. Kitobdagi maqola, badialarda mehr-muhabbat, insoniy muruvvat masalalari keng, asosli mushohada, hayotiy davomi…

Karim Bahriyev. Oshkoralik mashaqqati (1990)

Jumhuriyatimizda, shubhasiz inqilobiy o‘zgarishlar kechmoqda. Bu jarayonning qiziqligi shundaki, biz — oddiy dehqondan hukumat boshlig‘igacha — endi o‘rganayapmiz. O‘zingiz o‘ylang, gung odamga birdan: «Sening tiling bor, gapir!» deyishsa, qay ahvolga tushadi?! Bugun, menimcha, eng muhimi xotirjam fikrlamoq, oqil harakat qilmoqdir. davomi…

“Tarixi Rashidiy” ingliz tilida

Turkistonlik muarrixlar bitgan rasmiy tarix asarlari, solnomalar yuz yillardirki, g‘arb olim va tadqiqotchilari e’tiborini o‘ziga jalb etib keladi. Bu qiziqishni olamga dong‘i ketgan bobolarimiz: Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub asarlarning bir necha jahon, xususan, Evropa tillariga davomi…

Muhammadjon Xolbekov. Tomas Eliot she’riyati

Tomas Sternz Eliot (Thomas Stearns Eliot, (1888–1965) ijodiga bag‘ishlangan yuzdan ortiq tanqidiy va matnshunoslik tadqiqotlari mavjud. Amerikalik munaqqid Irvin Erenprays (Irvin Ehrenpreis, 1920–1985) fikricha, “Eliot she’riyati insonning shuurigacha, chuqur axloqiy va ruhiy qatlamlarigacha singib boradi. Eliot yashirin, sir tutilgan his-tuyg‘u davomi…