Uilyam Folkner. Ong orqali yurakka

Dunyoga mashhur amerikalik yozuvchi, Nobel hamda Pulitser mukofotlari laureati Uilyam Folkner shaxsiyati ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otadi. Hikoya va qissalari, esseyu romanlari, she’riyat hamda dramaturgiyasi jahon kitobxonlari tomonidan birvarakayiga iliq kutib olinishi ijodkor mahoratining yuksakligidan dalolat. Uning xalqu hukumat ko‘zigayu ko‘ngliga yaqinligi, davomi…

Boboravshan G‘oziddinov. Suv (hikoya)

– O‘z oyog‘i bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilshod shunday deya o‘rnidan sapchib turdi-yu, derazadan tashqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan daraxtlarga, so‘ng tik tepalik yonbag‘ridagi yolg‘izoyoq yo‘lda chelakning og‘irligidan zo‘rg‘a odimlayotgan qo‘shni davomi…

Mahatma Gandi: “Hindistonning boshqa najot yo‘li yo‘q”

Hindiston milliy ozodlik harakatining rahnamolaridan biri Mohandas Karamchand (Mahatma) Gandi 1869 yil 2 oktyabrda Gujarat knyazligining Porbandar shahrida tug‘ilgan. Angliyada yuridik ta’lim olgach, 1893 yilgacha Bombeyda (hozirgi Mumbayda) advokatlik qiladi, 1893 — 1914-yillarda Janubiy Afrikada Gujarat savdo firmasining yuriskonsulti vazifasida davomi…

Maxmur (?-1844)

Maxmur taxallusi bilan qalam tebratgan Maxmud Mulla Shermuhammad o‘g‘li XIX asr birinchi yarmi o‘zbek mumtoz adabiyotining eng yirik namoyandalaridan biridir. U XVIII asrning oxirgi choragida Qo‘qon shahrida, ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Otasi Mulla Shermuhammad — Akmal taxallusi bilan she’rlar yozib, davomi…

Rekordlar o‘rnatgan san’atkor (Luchano Pavarotti)

O‘zbekiston xalq artistlari Munojot Yo‘lchiyeva, Matluba Dadaboyeva, Muyassar Razzoqova, marhum Turg‘un Alimatov va boshqa atoqli san’atkorlarimiz Yevropaning eng katta san’at dargohlarida kontsert berib, xalqimizning nodir kuy va qo‘shiqlarini ko‘z-ko‘zlab, yevropaliklarni lol qoldirgan bo‘lsalar, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali doirasida jahon davomi…