O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik vafot etdi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi, o‘zbek adabiy fantastikasining asoschilaridan biri Tohir Malik (Hobilov Tohir Abdumalikovich) 2019 yil 16 may kuni vafot etdi. Tohir Malik Toshkent davlat universitetining kechki jurnalistika fakultetini tugatgan (1969). Quruvchi (1963—64), maktabda o‘qituvchi (1965—66) bo‘lib ishlagan. «Lenin uchquni» gazetasi, «Guliston» davomi…

Amir Fayzulla, Otabek Safarov. O‘zbek tarjimachiligining munosib vorisi (Mirziyod Mirzoidov)

Asliyat asarlarida bo‘lgani singari tarjimachilik ham o‘zining olis va yaqin tarixida yorqin namoyandalariga ega. Bu, avvalo, tarjima qilinayotgan asarning qiymati va ahamiyatliligi bilan shartlangan bo‘lsa, ikkinchidan, tarjimon malakasi va iste’dodi ayricha rol o‘ynaydi. Goho shunday ham bo‘ladiki, tarjima sifati asliyatnikidan davomi…

Said Ahmad. “Vaqt“ning tug‘ilishi (1969)

(Bir she’r tarixi) Butun ilhomini, talantini, bilimu bilag‘onligini xalqiga, xalqining orzu-umidlariga bag‘ish­lamagan yozuvchi chinakam xalq yozuvchisi bo‘lolmaydi. Ajoyib so‘z san’atkorlari qoldirgan meros – badiiy adabiyot xazinasiga ko‘z tashlasak, butun umrini xalq manfaatlari yo‘lida sarflagan katta talantlarni ko‘ramiz. G‘afur G‘ulom ana davomi…

Sayfi Saroyi. She’rlar. Guliston

Sayfi Saroyi. She’rlar. Guliston. / Nashrga tayyorlovchi E. Fozilov; Ilmiy muharrirlar: M. T. Oybek, P. Shamsiyev. — Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti, 1968 O‘zbek xalqining boy adabiy merosiga tegishli ayrim durdonalar hanuzgacha nafis qo‘lyozma holida turli davlatlarning kutubxonalarida davomi…

Mark Toutant. Navoiy va Jomiy

Markaziy Osiyodagi o‘rta asrlar intellektual hayot tadriji tarixi adabiy ta’sir jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq[1]. Chunonchi, ilk chig‘atoy (turkiy – tahr.) she’riyatining shakllanishida mumtoz fors adabiyoti o‘ziga xos ahamiyatga ega[2]. O‘zbek adabiyotining eng buyuk namoyandasi deb e’tirof etilgan, mutafakkir shoir Alisher davomi…