Shodmon Otabek. Chiroq (hikoya)

Har gal qishloqqa borganimda maktab yonidan o‘taman. Qaytmas, betakror bolalik xotiralari beixtiyor ko‘z oldimda jonlanadi.Onamning aytishicha, shaharda yuraverib, “diydam qotib ketgan”. Ammo qadrdon maktabimni ko‘rganimda hayajonimni bosolmayman. Qadamlarim o‘zimga itoat etmay, beixtiyor bo‘shashib, sekinlayman. Maktabga kirgim keladi. Ammo negadir kirmayman… davomi…

Asad Asil. Sirtlon (hikoya)

Yil juda og‘ir kelgan edi. Qish yarimlamasdan yem-xashak tugadi. Chorvadorlar qamish, ajriq ildizi, yantoq qidirishib, har kuni izg‘ib yurishardi. Shermat aka ham shularning biri edi. U o‘shanda tentiray-tentiray, tunga qolib ketdi. Endi qo‘raga tezroq qaytish kerak: ochqab yurgan yirtqichlar qo‘ylarni davomi…

Asad Asil. Targ‘il olma (hikoya)

Taqdirimdan nolimayman. Diyorimiz markazida chiqadigan, jamiki ijodkorlar orzusidagi mo‘tabar dargohlarda mas’ul vazifalarda mehnat qildim. Baxtimizga elektr poyezdi bor ekan, azonda jo‘nayman, kechga tomon yana ikkinchi vagonda qaytaman. Diltortar odamlar uyushib, davra tashkil etgan ekanlar, shularga qo‘shilib olganman. Fayzulla aka davraboshi. davomi…

Asad Asil. Tulki bolasi (hikoya)

O‘rmon mergan ko‘zi ilindimi-yo‘qmi, tong bo‘zara boshlaganini ko‘ra solib o‘rnidan turib ketdi. O‘g‘ilchasining harorati baland, tuni bilan ingrab chiqqan edi. Uyquga qonmagan ovchining boshi sirqirab og‘riydi, ko‘ngli g‘ash. Buning ustiga, kech kuz havosi emasmi, qibladan izg‘irin aralash sovuq tuman yopirilib davomi…

Asad Asil. Ukkiboy otaning oxirgi ovi (hikoya)

Mashhur merganlar haqida antiqa rivoyatlar eshitganmiz, ko‘plarining uy-joylarida bo‘lib, tongotar suhbatlarini olganmiz. O‘zimiz ham yoshlikda ovchilikning ko‘chasidan o‘tgan edik-da…Qadimda ko‘pchilik o‘z podasini o‘zi boqardi. O‘n-o‘n bir yoshga to‘lgan paytlarim. Qo‘y-echkilarimni qori erib ketgan kungay qiyaliklarda aylantirib kelaman. Bir kun obdan davomi…

Asad Asil. Oxirgi ilinj (hikoya)

Dadajonim-ey, siz bu ahvolda turib, men qanday qilib?… Yo‘q! Men to‘yni to‘xtataman!!.Shashqator yoshlari gulyuzlarini jaladay yuvib borayotgan, qalin sochlari to‘zg‘ib ketgan Oygul ahvoli nochor otasi ko‘ksiga bosh qo‘ygancha faryod urib yig‘lardi. Shu damlargacha boshi yostiqqa tegmagan, hech narsadan tap tortmaydigan davomi…

Asad Asil. Uch og‘iz so‘z (hikoya)

Qiz anchadan beri yuragida saqlab, o‘zini qiynab yurgan gaplarini yigitning betiga ochiq aytolmadi-yu, yaqin dugonasidan maktub orqali jo‘natdi. Tog‘ yonbag‘rida yonariq kavlab, bog‘ yaratayotgan yigit horib-tolib uyi tomon kelayotganda jini suymaydigan qiz yo‘lini to‘sib chiqdi. – Mashkuraxon berib yubordi, – davomi…