Uyg‘un. Alamzadalar (hikoya)

Kechaning oltin chechaklari og‘ochlar orasidan nur sepadi. Tarqalib ketgan keng shoxlar yerlarga ola ko‘lanka tashlagan. Bog‘chaning o‘rtaligidagi gulzor, elektr shu’lasi ostida ajib bir ko‘rinish kasb etgan, mayin yelning qanotiga urilib, tiniq ko‘lning yumshoq mavjlari kabi chayqaladi. Qilli muzikaning yoqimli va davomi…

Sarvar Azimov. Nazokat (hikoya)

Har turfa odamni ko‘p ko‘rdim: nozik ta’bligini ham, to‘qim tabiatini ham. Bunisi o‘zgacha: muloyimlikdayam, tixirlikdayam boshqalardan ajralib turadi. Belorus o‘rmonlari kelini — oq qayin sharbatini emib yetilgani uchunmi, yoki… xullas, oti — Stanislav, oshna-og‘aynilari esa, negadir, uni Stas deb atashadi. davomi…

Nazarmat. Fazilat (hikoya)

Kupega qotma, qorato‘ri, qorday oppoq, siyrak sochi doka ro‘moli tagidan chiqib turgan bir keksa ayol kirdi. U bir qo‘lida chamadon, bir qo‘lida besh-olti yashar qizaloqni ushlab olgan. Eshik oldida turib menga, so‘ng polkaga qaradi. O‘rnimdan tez qo‘zg‘alib, keksa onaga salom davomi…

Nazarmat. Tabarruk javon (hikoya)

Qishloq kutubxonasiga keldim. Ikki qavatli sakkiz xonadan iborat ko‘rkam va shinam bino. Ikkinchi qavatdagi keng xona qiroatxona. Bu yerda yoshu qari kitob muxlislari ekan, ular o‘zlari qiziqqan adabiyotlarni ko‘zdan kechirish bilan band.Bir mahal qishloq o‘rtasidagi mangu olov yonida ko‘rgan va davomi…

Nazarmat. Ta’zim (hikoya)

Men yaqinda tog‘dagi olis bir qishloqda bo‘ldim.Qishloq markazidagi gulzorda mangu olov yonib turibdi. Gulxan yonida urushda halok bo‘lgan qishloq mardi-maydonlarining xotirasiga marmardan yodgorlik tiklangan.Soqoli ko‘ksiga tushgan, yoshi yetmishlarga borgan bir mo‘ysafid olti-etti yashar nevarasini yetaklab, yodgorlik yoniga keldi. Boboning ham, davomi…

Botu. Hoshimjon (hikoya)

Hoshimjon bu kun juda qayg‘uli. Ichiga chiroq yoqsang yorimaydi. Har tovush uning achchig‘ini qitiqlaydi. Ayniqsa, ko‘chada g‘irillab yurgan avtomabillarning g‘ut-g‘utlari uning asablariga larza beradi.Hukumat avtomabillarida yurguchilarga qarshi turli fikrlar bugun Hoshimjonning miyasini ezadilar, qiynaydilar.— Ulardan qay yerim kam? — deb davomi…

Botu. Yangi qishloq (hikoya)

Ko‘klam boshi. Hali yer qurigan emas. Tepalarda qor izlari bor. Ko‘klamning galgi kelishi Qurbonning ham yuragida to‘lqinlar qo‘zg‘otgan. Qurbon na kechasi va kunduzi tinchlana oladi. U havoga qaraydi. Yerga qaraydi va shodligidan kalta soqolini barmoqlari bilan tez-tez taraydi.— Qurbon, sen davomi…

Tohir Malik. Ota-onalar majlisi (hajviya)

(Kimga qiyin, ota bechoraga!) Maktablardagi  “ota-onalar majlisi”ga faqat onalarning borishi hech kimni ajablantirmay qo‘ygan paytda “Otalar majlisi” degan gap chiqdi-yu Oltmishboyning tinchi buzildi. Xotini bilan qizi bir hafta davomida majlisga borishi shartligini eslataverishib, boshini og‘ritib yuborishdi. Yakshanba kuni choyxonada oshlari davomi…