Muyassar Tilovova. To‘g‘on (hikoya)

Ikki kundan beri shivalab turgan yomg‘ir tun yarimga borganda jalaga aylandi. Momaqaldiroq osmon gumbazini yorib yuborguday gumburlar, tez-tez chaqnayotgan chaqmoq yorug‘ida qishloqning past-baland tepaliklaridagi uylari ko‘rinib ketadi. Suv tarnovdan chelaklab tushar, sharros quyayotgan jala tomlar tunukasini doira qilib chaladi.– Yomg‘ir davomi…

Sa’dullo Quronov. Ibtido va modern (2012)

XIX asr oxirlariga kelib falsafa va san’atda borliqni o‘zga bir yo‘sinda anglashga, ifodalashga urinishlar kuchaya boradi. F.Nitshe, Z. Freyd, A.Bergson, U.Jeyms kabi mutafakkirlarning qarashlaridan ta’sirlangan ijodkorlar san’atga yangi, modernizm yo‘nalishini olib kiradilar. Modernizm yo‘nalishida ijod etuvchi san’atkorlarda mif, qadimgi afsona davomi…

Gulruh Yormatova. Ofat (hikoya)

Kech kuz o‘zining sarg‘ish etaklarini tog‘ yon-bag‘irlaridan butkul yig‘ib ulgurmay kun sayin qo‘li baland kelayotgan qish birdan quturib ketdi. Hali qilichining damini ko‘rsatishga fursati yetsa-da, keksa tog‘larga vajohatini ko‘rsatib qo‘ymoqchidek shamol va bo‘ron aralash ularning viqorli boshlari uzra qor purkay davomi…

Gulruh Yormatova. Tuman ortidagi manzillar (hikoya)

Ayol hovli adog‘idagi omborga kirdi-da nima qilsamikin, degandek uzun-uzun yog‘och xodalar ustiga pala-partish taxlab tashlangan biri yarimroq, biri to‘laroq qoplarga alangladi. So‘ng qidirganini topdi shekilli, bo‘g‘ziga ola-bula ip bog‘langan qopni inqillab-sinqillab pastga tushirdi. Qop tuproq yerga gup etib tushdi-yu, hammayoq davomi…

Bobomurod Erali (1965)

ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida aspiranturada o‘qigan, bir qancha vaqt ilmiy xodim bo‘lib ishlagan. Filologiya fanlari doktori, professor Abdurashid Abdug‘afurov rahbarligida «Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostonida majoz va haqiqat davomi…

Suyima G‘aniyeva. Ko‘ngil shamchirog‘i (2012)

Adabiyotga qiziqish bolaligimdan boshlangan desam bir oz mubolag‘a qilgan bo‘laman. To‘g‘ri, yoshligimda xayolparastlik odatlarim bor edi. Ammo adabiyotga bo‘lgan chinakam ixlos talabalik yillarida sezildi. O‘qituvchilarimiz tavsiyasi bilan she’r yodlash va ifodali o‘qish mashg‘ulotlari menda she’riyatga, xususan, mumtoz adabiyotga ha­vas uyg‘otdi. davomi…