Habib Siddiq. Jarima (hajviya)

Nusrat Barakayev kotibasi damlab qo‘ygan qaynoq choydan xo‘plab, xona burchagiga qo‘yilgan televizorda mashhur xonanda kuylayotgan qo‘shiq ohangiga tebranib, goh o‘zi ham qo‘shilib hirgoyi qilib o‘tirgandi.— Assalomu alaykum, Nusrat Barakayevich, — deya sochlarini ustarada qirdirgan, pastak bo‘yli, semiz gavdali bosh hisobchi davomi…

Damin Jumaqul. Gapingizga qo‘shilaman (hajviya)

Tungi diskotekaga o‘xshab to‘s-to‘polon, shovqin-suronga to‘la to‘y bazmida boshlovchining ko‘zidan panaroq joy topib o‘tirdim. Kelin-kuyovni qutlash uchun bazm ishtirokchilaridan biriga so‘z berildi. So‘zga chiqqan basavlat kishi «oldingi gaplarga qo‘shilaman», deb so‘z boshlagan edi, qarshimdagi yigit xandon otib kulib yubordi. Mening davomi…

Muhammad Ochil. Shahar ko‘rgan Shodiqul (hajviya)

Mulla Moyliboyning kenjasi Shodiqul shaharda yashaydi. O‘qitgan o‘qituvchilari: «Bu bola odam bo‘lmaydi, g‘irt chalasavod!» deyishardi. Yo‘q, binoyiday… Hafta-o‘n kunda, ayniqsa bayram, hayit kunlari «inomarka» mashinasini «bip-bip»latib kelib, qishloqdoshlarning ko‘zini o‘ynatib ketadi. «Nima ish qilasan shaharda?» deb so‘raganlarga ko‘krak kerib: «Biznes!» davomi…

Habib Siddiq. Nima bilan urdi (hajviya)

O‘tgan asrning oltmishinchi yillarida viloyat partiya qo‘mitalari ikkiga: sanoat va qishloq xo‘jalik partiya qo‘mitalariga, bo‘lingan edi.Viloyatning nufuzli idorasiga boshini durra bilan bog‘lab olgan ayol kelibdi. Eshikbonlar undan kelishining maqsadini so‘rashipti.— Obko‘mga arzim bor, — depti ayol.— Qaysi obko‘mga?— Obko‘mga-da!— Hozir davomi…

Habib Siddiq. Qaytgan duo (hajviya)

Bahodirjon degan hazilkash ulfatimiz bor. «Eshon aka» deb hazillashib yuramiz. Bir gal paxta yig‘im-terimiga chiqishganda brigada boshlig‘i depti:— Mana shu traktorchimiz ja-a yaxshi yigit-u, kelin bilan oralari chatoq bo‘lib qolib, sal xafa bo‘lib yuripti-da. Eshon aka, bir duo qiling, zora davomi…

Erkin Usmon. Daladagi hangoma (hajviya)

«Bo‘ston» jamoa xo‘jaligiga televideniyedan dehqonlar haqida ko‘rsatuv tayyorlash uchun kelishdi.Xo‘jalikda yer bilan tillashadigan kishilar ko‘p ekan. Ular orasidan bir kam yetmish yoshli Xo‘javoy mirobni tanlashdi. Yoshiga nisbatan epchil va chaqqon bu qoramag‘iz odam andak asabiy ekan, «Yo‘q, kinoga tushmayman, men davomi…