Ilhom Zoyir. Xabarnoma (hajviya)

Ishdan qaytayotib pochta qutisidagi allaqanday qog‘ozga ko‘zim tushdi. Olib qarasam — «Xabarnoma». Unda katta summa olishim bildirilgan edi. Suyunib ketdim. Negaki keyingi vaqtlarda qarzga botib, siqilib yurgan edim. To‘rtinchi qavatga qanday ko‘tarilganimni bilmayman. Eshikni ochgan xotinimga nuqul tirjayaman. — Namuncha, davomi…

Ilhom Zoyir. Anketa (hajviya)

Hotam Xurramov yaxshi xodim bo‘lgani bilan sal to‘qimtabiat odam. Aytishlariga qaraganda, shu yerda ishlayotganlariga qirq yildan oshibdi. Kecha Hurramovni Egam Rabiyevich chaqiribdilar. «Siz shu sohaning pirlaridansiz — suyagingiz shu yerda qotgan. Xo‘p desayiz, sizni mukofotga tavsiya etmoqchimiz. Bir-ikkita joy bilan davomi…

G‘ayratli Sher. O‘zimdan chiqqan balo (hajviya)

Zimdan kuzatsam, birin-ketin uylanib, bo‘yniga olaxo‘rjin tushayotgan jo‘ralarim tamoman boshqa odamga aylanib qolishyapti. Ulfatlarga ortiqcha qo‘shilish yo‘q, kechqurunlari ko‘chaga chiqish cheklangan, qadrdonlarning yaxshi kunlariga sherik bo‘lish uchun nari borsa bir soatcha vaqt topiladi. Ana shunday kamnamo bo‘lib qolayotgan og‘aynilarga bir-ikki davomi…

Muhabbat Hamidova. O‘rganib ketadi (hajviya)

Angrendan, to‘ydan qaytyapman. Biroq, kayfiyatim to‘ycha emas. Negaki, kutilmaganda havo aynib, chelaklab yomg‘ir qo‘ydi. Mashinamning suvsidirgichi yaxshi ishlamaydi. Buyog‘i o‘zingizga ma’lum. Shuncha kundan buyon tuzatib olaman yoki almashtiraman, deb yuraveribman. Oldingi g‘ildiraklar ham chananing oyog‘idek sip-silliq. Yo‘l esa uzoq. Noiloj davomi…

Ilhom Zoyir. Shakar (hajviya)

Sharifjonning ichiga chiroq yoqsa yorishmaydi. Bir gapdan qolganida olam guliston edi-yu, lekin to‘g‘riso‘zligi, cho‘rtkesarligi bunga izn bermadi. Alami O‘roqchadan: uning yonini olaman deb boshlig‘i Mardon Husenovich bilan teskari bo‘lib qoldi. O‘roqcha bo‘lsa andishaga borib o‘tiradiganlardan emas, ertasigayoq Mardon Husenovich bilan davomi…

Said Anvar. Buni kalla deydilar (hajviya)

Bizda atrofga razm solish degan narsa yo‘q. Bordiyu razm solganimizda qanday topqir, donishmand odamlar bilan zamondosh ekanligimizni bilardik, faxrlanardik. Mana, shularning bittasi Rahmonnazar. Uni biz haydovchi deb yuravergan ekanmiz. Kallasiga shunday bebaho fikrlarni jamlagan ekanki, ularni eshitib turib butun qishloq davomi…