Hamidjon Homidiy 1935 yil 4 oktyabrda Namangan viloyati, Kosonsoy shahrida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, Kosonsoy bosmaxonasida xarf teruvchi, gazetaning ma’sul kotibi bo‘lib ishlagan. 1956-61 yillar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet)ning “Tarix-filologiya” fakultetida tahsil olgan.
1967 yili “Firdavsiy “Shohnoma”sining bir o‘zbekcha tarjimasi hakida” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1991 yili “Firdavsiy va o‘zbek adabiyoti” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Turli yillarda olimning “Gumanizm kuychisi”, “Barhayot she’riy qasr”, “Boqiy bo‘ston tarovati”, “Shohnomaning shuhrati”, “Qirq besh alloma hikoyati”, “Ajdodlar sabog‘i – aql qayrog‘i”, “Ko‘hna Sharq darg‘alari”, “Mashriqzamin – hikmat bo‘stoni” (hammuallif), “Tasavvuf allomalari”, “Olis-yaqin yulduzlar”, “Namangan adiblari” (hammuallif), “Koson tarixi” (hammuallif), “Avestodan Shohnomaga”, “Daholar davrasi” singari o‘ttizga yaqin kitoblari nashr qilingan.
Olimning turli ilmiy to‘plam, jurnal hamda vaqtli matbuotda olimning 500 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan. Ilmiy maqolalari Tehron, Boku, Olmaota, Dushanbe, Ho‘jand shaharlaridagi majmua hamda qomuslardan ham o‘rin olgan.
U “Do‘stlik” ordeni hamda “Mustaqillikning 15 yilligi”, 1972 va 1984 yillarda “Xalq maorifi a’lochisi” nishonlari bilan taqdirlangan.
2024 yil 11 yanvarda vafot etgan.
Hamidjon Homidiy maqolalari
Hamidjon Homidiy. Jahoniy shuhrat
Hamidjon Homidiy. Ma’rifatni olqishlab…
Hamidjon Homidiy. Sarkor
Hamidjon Homidiy. Atoqli navoiyshunoc (2011)
Hamidjon Homidiy, Boqijon To‘xliyev. Ma’rifat manzillari (2007)
Hamidjon Homidiy. Shiddat (2011)
Hamidjon Homidiy. Maqsud muallim
Hamidjon Homidiy. Olim, musavvir va shoir (2009)
Hamidjon Homidiy. Odamush-shuaro – Abu Abdulloh Rudakiy
Hamidjon Homidiy. Dunyoni lol etgan Mavlono
Forsiy tildagi adabiyotning zabardast tarjimoni (Hamidjon Homidiy bilan suhbat) (2014)