Xayriddin Sultonov. Ko‘ngil ozodadur… (qissa)
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Xayriddin Sultonov 1956 yil 19 yanvarda Toshkent viloyati Qibray tumanining Tuzel qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1978). «Quyosh barchaga barobar» (1980), «Bir oqshom ertagi» (1983), «Onamning yurti» (1987), «Umr esa o‘tmoqda» (1988), «Boburning tushlari» (1992), «Boburiynoma» (1997), «Saodat sohili» (2005) kabi nasriy kitoblari nashr etilgan. «Changak», «Moziydan bir sahifa», «Mehrobdan chayon» kabi videofilmlar hamda «Tushlarimda ko‘rib yig‘layman», «Yozning yolg‘iz yodgori» stsenariylari asosida badiiy filmlar suratga olingan. «Sarhovuzning bo‘ylarida» (1992) nomli dramasi ham bor.A. Sent-Ekzyuperi, I. Nagibin, V. Shukshin kabi adiblarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. «Shuhrat» medali (1996), «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (2003).
Asarning to‘liq variantini saqlab oling.
Qishloqqa bormaslikning iloji yo‘q edi. Said uf tortib, ko‘zlarini yumdi. Qishloqqa borgach… …qori eriy boshlagan ola-chalpoq, sirpanchiq yo‘llardan toyg‘ana-toyg‘ana, chetan devorlari qulab yotgan hovliga kirib boradi. Qishloq uyi, zebsiz go‘shalar. Hayhotdek hovli etagidan — molxona yonidagi gung o‘yumidan hovur ko‘tariladi, davomi…
— Shunaqa… Yer yuzida to‘rt milliard odamga yetgan havo menga yetmaydi… Bu gapni u hazillashib aytdi. Ammo Qunduz uning so‘z ohangidagi pinhoniy nadomatni ilg‘adi… Zax va bo‘yoq hidi anqib turgan katalakdek qiroatxona sovuq edi. Yigit yupungina plashga o‘ranib kresloga cho‘kkan, davomi…
— E, bo‘ldi-da, ota, odamni nomuslarga o‘ldirdingiz-ku! Shu yerdan ko‘chib ketsam qutulamanmi sizdan?!Dadamatov axiyri shunday dedi. Sanoqul bobo majbur qildi. Dadamatov jahl ustida shunday dedi-yu, endi pushaymon bo‘lib o‘tiribdi. Pushaymon bo‘lgani sari esa battar achchig‘i chiqmoqda.Aslida, nega shunchalik tutaqqaniga o‘zi davomi…
«Oloy malikasi» — Qurbonjon dodxoh 1865 yildan to 1880 yilgacha Pomirda bir sarkarda sifatida xalqni o‘z atrofiga to‘plab, qo‘lida yalang qilich bilan fon Kaufmanga qarshi kurashdi. U shu darajada jasoratli bir xotin ediki, o‘g‘li Qamchibek Kaufman tomonidan asir qilinib, dorga davomi…