Ikrom Otamurod. Xaritaga tushmagan joy

Ikrom Otamurod. Xaritaga tushmagan joy: She’rlar va dostonlar. — Toshkent, «Sharq», 2011

Ikrom Otamurod bitiklarida ajib hazinlik bor. KANGUL hazinligi bor. Shoir kechinma va tuyg‘ularini rangli holatlarda, ruhiy manzaralarda, mantiqoi mushohadalarda shakllantirgan. Borliqqa munosabat hissi goh shiddat bilan, goh sokinlik bilan harakatlanadi. Bu hislarning birikuv maydoni – muqaddas KANGUL.