Mive Tuvaqboyeva (1952)

Mive Tuvaqboyeva Dosho‘g‘iz viloyati, Bo‘ldimsoz tumani Quvonch Otaboyev nomidagi qishloqda tavallud topdi. Mive Tuvaqboyevaning “Sahro qizi” (1981), “Belanchak” (1986), “Non ta’mi” (1991) kabi she’riy to‘plamlari va bir qancha ilmiy-publitsistik asarlari chop qilingan. ODAMLAR ORASIDA Dengizlar achchig‘in, chuchugin totgan, Chorloqlar misoli davomi…

Bahorgul Karimova (1945)

Bahorgul Karimova (Bahargül Kerimowa) 1945 yil Karki (hozirgi Otamurod) tumanining Govak qishlog‘ida tavallud topdi. Shoiraning “Ona mehri”, “Dunyo tabassumi”, “Ko‘ngil”, “Umr o‘ylari”, “Ishq daftari” kabi kitoblari nashr qilingan. Ko‘plab she’rlariga kuylar bastalangan. “Vatanga bo‘lgan sevgisi uchun” medaliga sazovor bo‘lgan. ULUG‘LIK davomi…

Qaqaboy Qurbonmurodov (1945)

Qaqaboy Qurbonmurodov 1945 yilda Murg‘ob tumanining hozirgi X. Jumayev nomidagi dehqon birlashmasida tug‘ildi. Uning nashr qilingan kitoblarining soni 30 tadan ortiq. U badiiy tarjima bilan muntazam shug‘ullanadi. Jumladan, atoqli o‘zbek shoirlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Gulchehra Jo‘rayeva, Oydin Hojiyeva she’rlaridan davomi…

Qurbonniyoz Toshqin (1948)

Qurbonniyoz Toshqin Ko‘hna Urganchda tavallud topgan. 30 ga yaqin kitoblari nashr qilingan. Takuboku, F.Tyutchev, A.Blok, E.Vohidov, A.Oripov va boshqa bir qator shoirlarning asarlarini turkman tiliga tarjima qilgan. Mullanafas nomidagi adabiy mukofot sovrindori. “OTA, YaXShI KO‘RAR EDINGIZ…” Ota, yaxshi ko‘rar edingiz davomi…

Murod Tolibiy (1766-1848)

Turkman mumtoz adabiyotining atoqli namoyandalaridan biri bo‘lgan Tolibiyning (Myrat Talyby) asarlari asosan axloqiy-didaktik xarakterda bo‘lib, ularda yuksak insoniy xislatlar – mardlik, saxiylik, rahmdillik, vatanparvarlik ulug‘lanadi. BO‘LAR Nasihat bobinda gar xabar tutsang, Aql uyiga fahm jorubkash bo‘lar. Bir g‘aribga yaxshi so‘zingni davomi…

Omondurdi Annadurdiyev (1941)

Omondurdi Annadurdiyev hozirgi zamon turkman she’riyatining yetakchi vakillaridan biri. Uning she’rlarini o‘qib, bolalikning sirli armonlariga, muhabbatning ham azobli, ham sururbaxsh kechinmalariga, inson va tabiat uyg‘unligining go‘zal falsafiy tasvirlariga guvoh bo‘lasiz. U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Do‘rmon ijodiy bog‘idagi she’riyat davralarida ko‘p davomi…

Ahmad Qurbonnafasov

ShOIR DO‘STLARIMGA Arzimas ginalar, mayda gaplarnitosh qilib otmaylik bir-birimizga.Ayniqsa, g‘arazni olib kirmaylik,do‘stlarim, samimiy she’rlarimizga. Yaxshimi, biz so‘zlar ichiga agaritlarni qamasak — g‘ingshib tursalar,gazeta betidan bizga irillab,kitoblar ichida turib hursalar!! Ginali, ta’nali she’rlar yozmaylik!Omadi yurishgan nokasday bir kunomadi yurishib xuddi shu davomi…

Anna Kurtgeldiyev

BIR SENI O‘YLAYMAN Men bahorni orzu qilaman qishda, Bahorda qish haqda o‘ylayman nuqul. Agar tutib olsam kattaroq qushni, Xayolim jajji qush o‘g‘irlar butkul. Shaharning g‘alvasi, suronlarini Tark etib ketmoqlik gashtli naqadar. Lekin bir oy o‘tmay xayollarimni O‘g‘irlay boshlaydi tag‘in cho‘ng davomi…

Mamed Seyidov (1925)

* * * Xazina?Kim buni qanday tushunar,Dilim xushnud, turmushimdan yo‘q ginam.Do‘stlar menga chin yurakdan ishonar,Shu ham mening kamyob, nodir xazinam. Bu xazina — ko‘kka uchsam, qanotim,Girdoblardan olib chiquvchi qayiq.Uni joy-joyiga sarflash niyatim,Do‘stlikka xiyonat qilmayman, aniq. Shukur Qurbonov tarjimasi.


Maqolalar mundarijasi