Mullanafas (1810-1862)

XIX asrda yashab o‘tgan turkman shoirlari orasida eng mashhurlaridan biri, turkman mumtoz adabiyotida “ishq mulkining sultoni” deb nom olgan ajoyib shoir Mullanafas Qodirberdi o‘g‘li (Mollanepes) ijodida Sharq she’riyati an’analariga xos pand-nasihatlar, xalqona qadriyatlar, muhabbat, vatanparvarlik va boshqa oliy insoniy fazilatlar davomi…

Yilg‘ay Durdiyev (1934-1997)

Yilg‘ay Durdiyev (Ýylgaý Durdyýew) – Turkmaniston xalq yozuvchisi. 1934 yili Bereket tumanida tug‘ilgan. Turkmaniston davlat universitetini tamomlab, turli yillarda “Adabiyot va san’at” gazetasida, “Sovet adabiyoti” (hozirgi “Qoraqum”) jurnalida, Turkmaniston Yozuvchilar uyushmasida, Madaniyat vazirligida ishlagan. MAKSIM TANKGA Inson farzandiga qodir tabiat davomi…

Qurbonnazar Azizov (1940-1975)

Qurbonnazar Azizov (Gurbannazar Ezizow) – turkman shoiri. Turkmaniston xalq yozuvchisi, Mahtumquli nomidagi Davlat va yoshlar mukofoti sovrindori. U Turkmanistonning Axal viloyati, Ko‘ktepa tumani, Savitli qishlog‘ida zargarlar oilasida tavallud topgan. 1964 yili Turkmaniston davlat universitetining til-adabiyot fakultetini tamomlagan. “Mudom tayyor” bolalar davomi…

Nuri Bayram (1933-1993)

Nuri Bayram (Nury Baýramow) 1933 yili Turkmanistonning Marv viloyatida tug‘ilgan. Shoir, yozuvchi va tarjimon. Turkmaniston davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan (1957). Filologiya fanlari nomzodi. Pushkin va Lermontov asarlarini turkmanchaga tarjima qilgan. * * * — Nuri Bayram, nima so‘zlaysan? — davomi…

Otamurod Otaboyev (1948)

Otamurod Otaboyev (Atamyrat Atabaýew) 1948 yili Marv viloyatida tug‘ilgan. Turkmaniston davlat universitetini tamomlagan. Turkmaniston xalq yozuvchisi. Shoirning “Diyorim”, “Seni sevmasam agar”, “Quyoshning chiqishi”, “Osmon qadar teran”, “Qumsoat” singari 20 dan ziyod she’riy to‘plamlari nashr qilingan. Adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun bir davomi…

Berdinazar Xudoynazarov (1927-2001)

Berdinazar Xudoynazarov (Berdinazar Hudaýnazarow) 1927 yili Yerband viloyatida tug‘ilgan. Turkmaniston xalq yozuvchisi. Maxtumquli mukofoti laureati. U 1959 yilda Moskvadagi adabiyot institutini tamomlab, dastlab turli gazeta va jurnallarda, 1991 yildan Turkmaniston Yozuvchilar uyushmasi raisi vazifasida ishlagan. ”Maxtumquli huzurida”, ”Cho‘l tuyasi”, “Hayronlar davomi…

Ota Otajonov (1922-1989)

Ota Otajonov (Ata Atajanow) 1922 yili Turkmanistonning Mari viloyatida tug‘ilgan. Turkmaniston xalq yozuvchisi (1984). Ilk asari 1941 yilda chop etilgan. Ota Otajonov bir qancha nasriy asarlar, dramalar, ocherk va hikoyalar, she’riy kitoblar muallifi. TURKMANISTONIM MENING Men sening shuhratli-shonli Nomingga maftun, davomi…

Raimboy Sobirov (1933)

Raimboy Sobirov 1933 yilda tavallud topgan. Turkmanistonning Tosho‘giz shahrida istiqomat qiladi. U 1955 yilda Toshkent Davlat chet tillar oliygohining frantsuz tili kulliyotini bitkazgan. Turkman va o‘zbek tillarida ijod qiladi. “Yumaloq dunyo”, “Girdobdan sohilga”, “Sirli maqomlar”, “Insof”, “Dunyoning siri” qissalari, “Qiz davomi…

Annatuvoq Qaqayeva (1961)

Annatuvoq Qaqayeva 1961 yilda Dosho‘g‘iz viloyati Ko‘hna Urganch shahrida tug‘ilgan. “O‘zga baxt istamam” (1992), “Odobnoma” (1994), “Ruhiravon” (2004) kabi she’riy to‘plamlari nashr qilingan. Annatuvoq Qaqayeva badiiy ijod sohasidagi yutuqlari uchun 1996 yili Turkmanistonning Maxtumquli nomidagi Yoshlar mukofoti sohibasi bo‘ldi. U davomi…


Maqolalar mundarijasi