Zohid Avshar Elo‘g‘li (Zahid Avşar Eloğlu) 1952 yilda Ozarbayjonning Axcha rayoni Avshar qishlog‘ida tug‘ilgan. Ganja davlat pedagogika institutini bitirgan. Kasbi muallim. Qator kitoblar muallifi. 2011 yildan Ozarbayjon yozuvchilar birligi a’zosi.
QORABOG‘
Bunda shiddatlidir har tosh, har qoya,
Tog‘larning tagidan, qir ko‘chib kelar.
Taqib qilingandir, bunda hay-haya,
Choylar ham hayratning ustiga kelar.
Cho‘qqilar qo‘l cho‘zib uchar ko‘klarga,
O‘rkachi nor kabi qatorlab turar.
Dara bor, men dara emasman ey, sanga,
Xillasang-xillaru, zerikib yurar.
Olisda do‘laygan ming bo‘lak bulut,
Bu yo‘lda tumanning to‘riga tushar.
Yana yo‘llarida suringan sukut,
Chaqqan chaqmoqlarning qo‘riga tushar.
Birda ko‘rarsanki, ikki er kabi,
Bulutlar yonma-yon, boshga- bosh kelur.
Chaqmoq qilichini sirmagan kabi,
Yaxshi bil, dunyoning bag‘rini tilar.
Bir go‘zal yomg‘irga to‘yar tog‘lari,
Soylarning suvlari limmo-lim bo‘lar.
Qo‘rquvdan yorilar qoyaning bag‘ri,
Bulutlar siqilib yana jim bo‘lar.
Bu yerda Voqifning, Xurshidbonuning,
Jabborning, Sayidning ruhi berar nur.
O‘t o‘g‘li Babakning, Qo‘sh Go‘ro‘g‘lining,
Dadamiz Qo‘rqutning o‘ti qalanur.
Bir oz asta yerni ehtiromla, kez,
Bu tuproq eronlar tuprog‘idir bil.
Buzilmas qal’adir, bundagi har kez,
Bu yurt olinmaydi, egilgan emas.
Bu yerning har qarich tuprog‘i, toshi,
Ona allasiga yo‘g‘rilib tushgan.
Bu kurashchan yurtning baloli boshi,
Kurasha-kurasha muqaddaslashgan.
ShUShA
Chamanlar ol-alvon bir xoli kabi,
Misoli onamning yung sholi kabi,
Choylar so‘ngsizlikning timsoli kabi,
Daralar go‘yoki bosh olib ketar,
Tog‘larning ko‘ksidan bo‘shaliyu ketar.
Afsona so‘ylaydi, buluti, soyi,
Isog‘in, Musog‘in hirgoyi, nayi,
Bilgilki, yerimdan ko‘chirar meni,
Nozik dunyosiga oborar meni
Bunda quloqlar ham maqom o‘qiyur,
Gullari, chamani atir to‘kiyur,
Bulutlar naysondan ro‘mol to‘qiyur,
Erishi, arqog‘i billurda ramiz,
Hammasi top-toza binafsha, nargiz.
Yorqin qoyalarning qoshi siridir,
Tuprog‘i siridir, toshi siridir,
Har uyning, hovlining yoshi siridir,
Shanki asrlardan ulug‘dir Shusha,
Nedan so‘z ocharman, to‘lug‘dir Shusha.
VATAN
Izn ber, boshimni qo‘yay qo‘yningga,
Go‘daklar singari yotay ey, Vatan,
Uzun qo‘llarimni, solib bo‘yningga,
Ozuga, kamolga yetay, ey Vatan.
G‘ayratim, ilg‘orim, suhbating tojim,
San manim viqorim, men sening uchun,
Mening havodorim, dardga ilojim,
Mozorda ajdodim, zotim, ey, Vatan.
Uch rangli bayrog‘ing, boshda hilpirar,
Engilmas tarixing yoshimda turar,
Qayda bir tuproq bor boshimda turar,
Qonimni qoningga qo‘shay ey, Vatan,
Izn ber, bag‘ringda yotay, ey Vatan.
KETAR
Ho‘ngrab yig‘layotir qora bulutlar,
El qochib, a’lo bil, balosi ketar.
Baland qoyalarning boshidagi qor,
Tebrandi, toshining qal’asi ketar.
Osmon qilichini qo‘ydi temirga,
Sas sasga qorishdi, samir, samirga,
Hayollar uchgancha samo Ko‘ktemirga,
Chopdi, o‘rmonlarning tal’ati ketar.
Buloqning boshida yolg‘iz bir tilak,
Qo‘nadi boshiga xolli kapalak,
Tuproqning ustiga yotib bir chelak,
Yashil chamanlarning lolasi ketar.
Quzg‘unlar kezadi, qurtlar yuradi,
Bu oyda ko‘katlar quyruq bo‘ladi,
El kezgan sayyohlar qaymoq yaladi,
Ayrilsa yonidan xolasi ketar.
Xijolat toriga burilgan misol,
Oqib, yorganlarga suringan misol,
Quturgan bulutlar keldi qo‘sh-qo‘sha,
Egilsa, to‘shining jilosi ketar.
Bu bir ro‘yomidi, yo‘qsa bu nadir?
Na manda boshqadir, na boshda nadir?
Bir oqshom she’riga mengzalur, axir,
Bunisi qoladi, unisi ketar…
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi