Telli Panoh qizi (1954)

Telli Panoh qizi Aliyeva (Əliyeva Telli Panah qızı) 1954 yil 24 mayda Armanistonning Vedi tumanida tug‘ilgan. Shoir, publitsist, nosir. Ozarbayjon yozarlar birligi va Ozarbayjon jurnalistlar birligi a’zosi. Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. “Taraqqiy” medali sohibi. Ozarbayjon Respublikasi milliy radio-televideniyesida ishlaydi.

SEVGIM

Dalli ko‘ngillarga ko‘shilib kelsam,
Uchib, zirvalardan qush bo‘lib kelsam,
So‘ng bahor umriga qo‘shilib ketsam,
Aytchi, ikkimizga yetarmi sevgim?

Qalbimda porlagan olov quyoshsan,
Tuta olasanmi qo‘llarimdan sen,
Yangidan yoningga qaytiblar kelsam,
Aytgil, ikkimizga yetarmi Sevging?

Ne g‘avg‘olar ko‘rdi baloli ishqing,
Sen ketarding oldin, u da ketardi,
Qarshimda xaykalga aylanib bu kun,
Aytgil ikkimizga yetarmi ishqing?

Yashamoqni qismat deding, baxt deding,
Yillar uchqur, o‘tib ketar vaqt deding,
Qismatimiz bor bo‘yicha baxt deding,
Aytgil, ikkimizga yetarmi sevging?

* * *

Makoningni bilmay axtardim seni,
Na xabar yo‘llading, qaydasan bilmam!
Ko‘z yoshim sig‘maydi, kipriklarimga…
Sensiz bu yomg‘irning to‘xtata bilmam!

Kim bilar fikringda nelar bor, nelar,
Qayga oyoq bossang, yerlar ham titrar,
Har yerda hayolda, shu xotiralar,
Yoningda yo‘qman lek, iforman, gulman…

So‘ng bahor fursati… Bu bir imtihon,
Inonma, odamga qaramas zamon…
Qo‘llaring qo‘yningda sovqotganing on,
Yoningga yugurib kelaman shu on!

* * *

Yana ko‘zim namli, yuragim to‘lar,
Seni ko‘rmoq uchun kelaman ona!
Sensiz bu dunyodir yolg‘izlik yo‘li,
O‘zingsiz kimsasiz qolaman, ona!

Yosh o‘tur, egilur, bel ham ohista,
Eh tushur toqatdan qo‘l ham ohista,
Tegar qo‘l-oyoqqa “el” ham, ohista,
Yanga ko‘rayin deb keldim men, ona!

* * *

Og‘ochingni sevdim, qushingni sevdim,
Ko‘klarga bo‘y cho‘zgan toshingni sevdim,
Man sening ko‘zingni yoshini sevdim,
O‘zimni sevmoqqa vaqt topolmadim.

Qismatimga tushgan ochini sevdim,
Siynamni dog‘lagan sochini sevdim,
Aka-uka dedim, opamni sevdim,
O‘zimni sevmoqqa vacht topolmadim.

Berilgan har dardni, baloni sevdim,
Ketgan sig‘indi bir otani sevdim,
O‘zimni sevmoqqa vaqt topolmadim.

Sevdim, ” zahar-zaqqum” tilini sevdim,
Qo‘limni tutmagan qo‘lini sevdim,
Man ey, sening kabi dallini sevdim,
O‘zimni suymoqqa vaqt topolmadim.

Sevmadim o‘zimni, men menda yo‘qman,
Umrimga nayzaman, otilgan o‘qman,
Senino yoningda ki, sen uchun qo‘rqdim,
O‘zimni sevmoqqa vaqt topolmadim.

KEChIRGIL

Unuta olmadim, meni kechirgil,
Kechirgil qarshingdan chiqqanim uchun.
Qo‘llaringni olib hovuchlarimga,
Yuzingga mehrla boqqanim uchun.

To‘xtashni bilmadim, meni bog‘lagin,
Xayol dunyosini yiqqanim uchun.
Hammadan gumondor bo‘lganing ul on,
Boshingni ko‘ksimga bosganim uchun.

Ketishni bilmadim, meni kechirgil,
Kechirgil, eshikdan chiqqanim uchun.
Tangri yo‘llarimni to‘sdi bus-butun,
Qayta eshigingga kelganim u kun.

Seni ko‘p izladim, ko‘p so‘roqladim,
Har kecha ichimda seni oqladim.
Kechirgin umidim g‘ubor bog‘ladi,
U qo‘ldan ketgandir, ketdi umidim.

Men seni yashatdim orzularimda,
Aslida yengildim, orzular asir.
Kechirgil, men sensiz umri yarimman,
Jonsiz haykaldirman, sevgidan basir.

Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi