Saodat Buta (Səadət Buta) – shoira. Ozarbayjon yozarlar birligi va Oshiqlar birligi a’zosi. 1951 yili Gruziyaning Dminasi tumanida tug‘ilgan. O‘nlab she’riy kitoblar muallifi, xalqaro mukofotlar sohibasi.
UMR
Man yaxshi bilardim dunyo meniki,
Bitta yo‘l berilgan pay emish umr.
Xomushsan-ayozli, soxtagina qish,
Kuldirsang-chechakli yoz emish umr.
Sevgisi shirin, bol, azobi achchiq,
Ishqu-muhabbati, boshimning toji.
Goh chizgan bir chiziq, goh tamom tomchi,
Goh ul yordan ayon soy emish umr.
Shishadek sindirsang sinadi dema,
Ezsa qora kiyib so‘narmish dema.
Bu kun tuproqlarga aylanar dema. ,
Barmoqda sanalgan son emish umr.
Tole yo‘llarida burilgan nohush,
Goh ehson bad ro‘zg‘or, goh nurli yog‘ish,
Ko‘rganing bol uyqu, uchirganing qush,
Ohi-zori to‘nmas yoz emish umr.
O, Buta, bosh bo‘lib boshga yozilsa,
Tuproqqa jon berib, toshga yozilsa
Makoni tarixga qo‘shib yozilsa,
Ko‘rarsan dunyoda to‘y emish umr.
QAYDASAN
Hasratingdan kuyib- bitdim qaydasan?
Kunlarimning kuni botdi qaydasan?
Toleyimga, qismatimga qul bo‘lib,
Ranggi so‘ldi gullarimning qaydasan?
Yo‘llaringda qolgan ko‘zmi gunohkor,
Kelgan kuzmi, o‘tgan yozmi gunohkor?
Tayrilib oqqan Orazmi gunohkor,
Qori yog‘di tog‘larimning qaydasan?
Buta kelib o‘tdi, yoshin bilmadi,
Mot qo‘ydi “shoh” otli toshni, bilmadi.
Mandan shart o‘ynadi, nesi bilmadi,
Butasiman ellarimning qaydasan?
Yo‘llarimda qolgan ko‘zmi gunohkor,
Kelgan kuzmi, o‘tgan yozmi gunohkor?
Ayrilgan xon Orazmi gunohkor,
Qori yog‘di tog‘larimning qaydasan?..
MANING TILIM
Mening tilim dunyoda,
Dunyo qadar ulug‘dir.
Muhammadning me’rosi,
Uchirguvchi yo‘lidir.
Dilim qur’on ayosi,
Makkada azon sasi.
Topilmas bir bayoti,
Chiqqan oydan or edi.
Dilim dillar ichinda,
Birinchiydi yechimda.
Lahjam shabnam bichimda,
Tilim ari boliydi.
Dilim qo‘rqut tilidir,
Og‘uz Bo‘zqurt tilidir,
Tuproqdir, yurt tilidir,
Oqar suvday tirikdir.
Nizomiyning kalomi,
Mavlanoning kalomi,
Sozning shohi – jaloli,
Daryo kabi to‘liqdir.
Etti davlat, bir sandir,
Buta qurbon Turondir.
Yurtim Ozarbayjondir,
Tilim Turkning tilidir!
Ozarboyjonchadan Dilbar Haydarova tarjimasi