Yustinas Martsinkyavichyus (1930-2011)

Yustinas Martsinkyavichyus (Justinas Marcinkevičius) – Boltiqbo‘yi mamlakatlari adabiyotining XX asrdagi eng yorqin yulduzlaridan biri. Litva xalq shoiri. “Menga so‘z bering”, “Non ushatayotgan qo‘l”, “Yog‘och ko‘priklar”, “Olovlangan buta”, “Hayotning huzurbaxsh qo‘li”, “Yasha va shukr qil”, “O‘n ikki bahor”, “Qon va kul”, davomi…

Salomeya Neris (1904-1945)

Salomeya Neris (Salomėja Nėris, haqiqiy familiyasi — Bachinskayte, turmushga chiqqanidan so‘ng – Buchene) — litva shoirasi. Litva xalq shoirasi (1954 — o‘limidan so‘ng). MENING O‘LKAM Kahraboning oltin tomchisimon Toza, noyob mening kichkina o‘lkam. Qo‘shiqday jarangli, shodlikday ravon, Yarqirab kundan-kun yashnaydi davomi…

Martseliyus Martinaytis (1936-2013)

Martseliyus Martinaytis (Marcelijus Martinaitis; 1.04.1936 — 5.04.2013) – litva shoiri, adabiyotshunos, publitsist, tarjimon. Uning «Kukutis balladalari» kitobi juda mashhur. KUKUTISNING YaLLASI Yallasini boshlar Kukutis: «Hayot qanday shodumon, beg‘am! Hayot go‘zal, quvonchu bayram, Hatto nedir yetishmasa ham!» Kukutisning shodmon sasini Yalla davomi…

Rimantas Vanagas (1948)

Rimantas Vanagas (Rimantas Vanagas) – litvalik shoir, tarjimon va jamoat arbobi. 1979 yildayoq ilk to‘plami uchun litva shoiri Zigmas Gele nomidagi yoshlarning eng yaxshi to‘plamiga beriladigan mukofotga sazovor bo‘lgan. ONAMNING XATI Olisda, O‘rmonlar ortida, Ota makonimda qadrdon, Menga xat yozadi davomi…

Dalya Saukaytite (1950)

Dalya Saukaytite (Dalia Saukaitytė) – litvalik shoira, adiba va jurnalist. Vilnyus universitetini tamomlagach, ko‘p yillar gazeta-jurnal va nashriyotlarda faoliyat olib bordi. Bir qator adabiy mukofotlarning laureati. UYG‘ONISh Avgust. Salqin tushar oqshom chog‘ida, Issiq ham g‘animat, endi g‘animat. Alvido, azizim, ishq davomi…

Grajina Siyeshkayte (1951)

Grajina Siyeshkayte (Gražinos Cieškaitės) – litvalik shoira, tarjimon. Jahon xalqlari she’riyatidan ko‘plab namunalarni ona tiliga tarjima qilib, o‘z xalqining ma’naviy xazinasini boyitishga hissa qo‘shgan. IShQ YuLDUZI Bunda she’riyatning shamoyili yo‘q, Taraladi faqat bir navo mayin. Orom va sukunat bag‘rini yorib, davomi…

Eduardas Mejelaytis (1919-1997)

Mejelaytis Eduardas Benyaminovich (Eduardas Mieželaitis; 1919.3.20, Litva Respublikasi — 1997, Vilnyus) — Litva xalq shoiri (1974). 2-jahon urushi qatnashchisi (1943). Ijodi 1935 yildan boshlangan. Dastlabki sheriy to‘plamlari («Lirika», 1943; «Vatan shamoli», 1946) Litva xalq qo‘shiqlari, ertak va afsonalari ruhi bilan davomi…

Kristionas Donelaytis (1713-1780)

Litva badiiy adabiyotining ulkan namoyandalaridan biri, zabardast shoir Donelaytis (Kristijonas Donelaitis) Sharqiy Prussiyaning Lazdinelyay qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. Kyonigsbergdagi maktabda, keyinchalik universitetda ta’lim oldi. Avvallari u o‘qituvchilik qildi, so‘ng 1743 yildan tortib umrining oxirigacha pastorlik vazifasida ishladi. K. Donelaytisdan bizgacha davomi…

Sposmanite Myayle (1965)

Sposmanite Myayle — litva shoirasi, yozuvchi. 1965 yili Litvada tug‘ilgan. Hozir Daniyada yashaydi. * * * Uyga qaytib kelar eng olis yo‘lni izlab yo‘lga chiqdim Suvratlar orqali bilaman Shaharlik afsonalarni Bir-biriga o‘xshash bayramlar O‘ngiga aylangan tushlar Jo‘mraklarda o‘ynagan suvlar Nurli davomi…


Maqolalar mundarijasi