(O‘rta asrlar, tarjimai holi noma’lum)
O‘z o‘rnidan sira qo‘zg‘olmaydi tog‘,
Daryo o‘zgaradi hamisha, har kun;
Tinimsiz oqadi, bilmaydi charchoq,
Biroq orqasiga qaytolmas beun.
Xuddi shu daryoga o‘xshaydi inson –
Ketadi, qaytmaydi boshqa hech qachon…
* * *
Qachon xafa qildim seni ey, yorim,
Seni aldadimmi, kechdimmi bir bor?
Kelaman deganding biror kech, axir,
Sen emas, shamollar shitirladi, yor.
Shovqindan ko‘chaga chiqsam, bemajol –
Xazonlarni o‘ynab, quvardi shamol…
Rus tilidan Karim Bahriyev tarjimasi