Xudoyorxon

(1831, Qo‘qon – 1884, Karrux, Afg‘oniston) (1845-1858; 1862-1863; 1865-1875) Minglar sulolasiga mansub bo‘lgan Qo‘qon xoni (1845-1875- tanaffuslar bilan). Sheralixonning o‘g‘li. Qaynotasi Musulmonqul tomonidan taxtga o‘tqazilgan. Ammo yosh bo‘lganligi tufayli amalda davlat ishlarini Musulmonqul boshqarib borgan. Eng muhim lavozimlar qipchoqlar qo‘liga davomi…

Muhitdinov Abdulqodir

(1892 yil, Buxoro – 1934 yil 1-iyun, Toshkent) Buxorodagi jadidchilik harakati namoyandasi, siyosat arbobi. Boshlang‘ich ta’limni Buxoroda olgach, Istanbul madrasasida o‘qidi. Otasi yirik savdogar Mirza Muhitdin Mansurov ilk jadid gazetasi “Buxoroyi sharif”ni moddiy jihatdan ta’minlab turgan, yangi usul maktablariga homiylik davomi…

Xo‘jayev Fayzulla

(1896 yil 1-iyul, Buxoro – 1938 yil 15-mart, Moskva) Davlat va siyosat arbobi, Jadidchilar harakatining rahnamolaridan biri. Savdogar oilasida tug‘ilgan. Buxoro madrasasida 2 yil tahsil olgach, 1907-12 yillarda Moskvada xususiy maktabda o‘qigan. Buxoroga qayt-gach, 1912 yildan yosh buxoroliklar partiyasining, 1913 davomi…

Xo‘jayev Porso

Porso Xo‘ja Hasan (1867 yil, Buxoro – 1937 yil 25 oktabr, Toshkent) Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri, davlat va jamoat arbobi. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. 1905 yildan Buxorodagi jadidchilik va Yosh buxoroliklar safida Yangi usul maktablari ochish va jadid gazetalari davomi…

Yusupov Polvonniyoz Hoji

(1861 yil – Xiva – 1936 yil 14-may) Xorazmda jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, yosh xivaliklar partiyasining asoschisi va davlat arbobi bo‘lgan P. Hoji Yusupov Xiva shahrida savdogar oilasida tug‘ilgan. Eski maktabda tahsil olgach, savdo ishlari bilan shug‘ullangan. U arab, fors, davomi…

Risqulov Turor

(1894 yil 14 dekabr, Yettisuv (hoz. Olmaota) viloyati Verniy uyezdi Sharqiy To‘rg‘ay volosti – 1938 yil 10-fevral, Moskva) Turkiston xalqining taniqli davlat va jamoat arbobi bo‘lgan T. Risqulov kambag‘al qozoq chorvadori oilasida tug‘ildi. uning otasi Risqul Jilhaydarov volost boshqaruvchisi Uchkempirovni davomi…

Rahimboyev Abdulla

(1896 yil, Xo‘jand – 1938 yil, 7 may) Davlat va jamoat arbobi bo‘lgan Abdulla Rahimboyev Xo‘jand shahrining Razzoqi mahallasida savdogar oilasida dunyoga kelgan. 1910-1912 yillarda u Samarqanddagi erkaklar gimnaziyasida, so‘ngra Toshkentdagi o‘qituvchilar seminariyasida bilim oldi (1917). U 14 ta tilni davomi…

Xidiraliyev Inomjon

(1891 yil 23 fevral, Namangan uyezdi Pop volostidagi Iskovat qishlog‘i – 1928 yil 31 dekabr, Moskva) Davlat va jamoat arbobi, diplomat. 1903-1905 yillarda Popdagi, 1906-07 yillarda Qo‘qondagi rus-tuzem maktabida o‘qidi. 1909-1917 yillarda O‘sh va Jalolobod shaharlarida Bozorqo‘rg‘on va Qo‘rg‘ontepadagi pristavlarda davomi…