Boqimuhammadxon

Boqimuhammad ibn Jonibek Sulton (? – 1605), (1601-1605) Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. Shayboniylar sulolasining so‘nggi vakili Pirmuhammadxon (1598-1601) 1599 yilda Boqimuhammadni alohida xizmatlari uchun Samarqand hokimi etib tayinlagan. Shunday bo‘lsada u tez orada o‘z mavqeini mustahkamlab olib, Pirmuhammadxonga itoat etmay davomi…

Valimuhammadxon

Valimuhammad ibn Jonibek sulton (?- 1611 yil, 27 avgust) Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni (1605-1611). Akasi Boqimuhammadxon davrida Balx noibi (1599-1605). Boqimuhammad vafotidan so‘ng Buxoro taxtiga o‘tqazilgan. Valimuhammadxondan so‘ng Balx hokimi bo‘lgan Nadrmuhammadxon boshliq mahalliy amaldorlar Imonqulixonni Buxoro taxtiga o‘tqazish uchun davomi…

Imomqulixon

Imomqulixon ibn Dinmuhammadxon (1589-1650) (1611-1642) O‘zbek davlatchiligi tizimidagi ashtarxoniylar sulolasini boshqargan Buxoro xonligi hukmdori. Valimuhammadxon Erondan olib kelgan qo‘shinga qarshi Buxoro xalqining kurashiga rahbarlik qilib qozoqlar yordamida eronliklarni tor-mor keltirgan. So‘ngra 1611 yil Sirdaryoning quyi oqimidagi hududlarga yurish qilib isyonkor, davomi…

Nadrmuhammadxon

Nodir Muhammadxon ibn Dinmuhammadxon ibn Jonibek sulton (1592 taxm. 1651) (1642-1645) Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. 1606-1642 yillarda Buxoro hokimi bo‘lgan. Uning davrida mamlakatda ichki nizolar kuchayib, xatto farzandlari (12 ta og‘li) ham unga bo‘ysunmay qo‘ygan. Bunga uning o‘ta takabburligi, milk-mulkka davomi…

Abdulazizxon (ashtarxoniy)

Abdulazizxon ibn Nadrmuhammadxon (1614- Balx -1681) (1645-1680) Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. Buxoro xoni Nadrmuhammadxonning o‘g‘li. 1626 yildan Xuttalon hokimi, 1630 yildan Balxning g‘arbiy tumanlari hokimi, 1645 yilda bir guruh fitnachi amirlar otasi Nadrmuhammadxonning poytaxtda yo‘qligidan foydalanib Abdulazizni Buxoro xonligi taxtiga davomi…

Subhonqulixon

Subhonqulixon ibn Nadrmuhammadxon (1625 yil, Buxoro – 1702 yil 14 -sentabr) (1680-1702) Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. 1651-80 yillarda Balx hokimi.Nadrmuhammadxon Buxoro xoni bo‘lgach, o‘gli Subhonqulixonni Soli Saroy shahri, so‘ngra Balx viloyati hokimi qilib tayinlaydi (1642). Ko‘p o‘tmay u bu lavozimdan davomi…

Ubaydullaxon II

Ubaydullo Muhammad Bahodirxon ibn Subhonqulixon (1681 yil – Buxoro – 1711 yil 16-mart) (1702-1711) Buxoro xoni, ashtarxoniylar sulolasidan. Subhonqulixonning o‘g‘li. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi Muhammad Muqimxonni tayinlaydi. Biroq Buxoro ulamolari va qo‘shinning davomi…

Abulfayzxon

Abulfayzxon ibn Subhonqulixon (1695-1747) (1711-1747) Ubaydullaxonning inisi. Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. U hech qanday real hokimyatga ega emas, kundan-kunga mamlakat hayotida nufuzi kuchayib borayotgan amirlar va zodagonlar qo‘lida bir ,,qo‘g‘irchoq” hukmdor edi, xolos.Uning davrida keyinchalik mang‘itlar davlatining tashkil topishiga sababchi davomi…

Abdulmo‘minxon

Abdulmo‘min ibn Abulfayzxon (1738 yil – Buxoro – 1751 yil) (1747-1751) Ashtarxoniylardan bo‘lgan Buxoro xoni. Abulfayzxonning o‘g‘li. Abulfayzxonning yetti farzandi bor edi. U mast chog‘ida ularni o‘limga mahkum etadi. Hali go‘dak bo‘lgan Abdulmo‘mingina taxt ostiga yashirinib, omon qoladi. Abulfayzxon o‘limidan davomi…

Ubaydullaxon III

Ubaydullaxon ibn Abdulmo‘minxon (tug‘ilgan va o‘lgan yili nom’alum) (1751-1754) Ashtarxoniylar sulolasining so‘ngi hukmdori. Davlat boshqaruvida hech qanday ro‘l o‘ynamagan edi. Davlat boshqaruvi butunlay mang‘itlar qo‘lida bo‘lgan. U mang‘itlar amiri Muhammad Rahimbiyga tamomila bo‘ysungan. Muhammad Rahimbiy buyrug‘i bilan taxtdan voz kechgan. davomi…