Bobobek

Bobobek ibn Abdurahimbiy (? – taxm. 1753) (1752-1753) Minglar sulolasidan bo‘lgan Qo‘qon xoni. Abdurahimbiyning katta o‘gli. Jung‘orlar (ba’zi manbalarda qalmoqlar) 1740 yillarda Qo‘qonni qamal qilganlarida Abdurahimbiy jiyani Bobobekni garov sifatida oq uylik qilib dushmanlarga berishga majbur bo‘lgan. Bobobek Qo‘qon yaqinidagi davomi…

Sulaymonbek

Sulaymon ibn Shodibiy (? – 1763 yil) (1762-1763, 3 oy) Qo‘qon xonligida 12 yil hukmronlik qilgan Erdonabiy vafot etgach (1762), Shodibiyning o‘g‘li Sulaymonbek taxtga o‘tqaziladi, lekin suiqasd tufayli uch oy hikmronligidan so‘ng o‘ldiriladi. Sulaymonbekning qotillari Abdulla Qushbegi, G‘urumsaroy hokimi O‘tov davomi…

Norbo‘tabek

Norbo‘ta (taxminan 1749-1798) (taxminan1763-1798) Qo‘qon xoni. Abdurahmonning o‘g‘li, Abdulkarimbiyning nabirasi. 14 yoshidan taxtga chiqqan. Namangan beklarining separatizmini bostirgan. Qo‘zg‘alon ko‘targan Xo‘jand begini yengib, shaharni o‘ziga bo‘ysundirgan. Ammo, O‘ratepa nomigagina Buxoroga tobe bo‘lib qolgan.

Olimxon

(? – 1810-y.y) (1801-1810) Qo‘qon xoni. Minglar sulolasidan. Norbo‘tabiyning o‘g‘li. Uning davrida saltanat hududini kengaytirish davom ettiriladi. U Ohangaron, Chimkent, Sayram, Toshkent viloyatining hammasini, Rossiyaga boruvchi karvon yo‘llaridagi muhim manzilgohlarni zabt etadi. U Buxoro amirligiga qarshi turishga kuchi yetajagini ko‘rib davomi…

Amir Umarxon

Amiriy (1787-Qo‘qon-1822) (1810-1822) Qo‘qon xoni, zullisonayn shoir. Norbo‘tabiyning o‘g‘li. O‘zbeklarning ming urug‘idan. Boshlang‘ich savodini oilada chiqarib, keyin madrasada tahsil olgan. Yoshligidan saroy xizmatiga jalb qilingan: akasi – Qo‘qon xoni Olimxonning davlatni boshqarish ishlarida faol ishtirok etgan. Olimxon 1807-1808 yillarda unga davomi…

Muhammad Alixon

(taxminan 1803/ 06-1842, Qo‘qon) (1822-1841) Minglar sulolasidan bo‘lgan Qo‘qon xoni. Umarxon va Nodiraning o‘g‘li. Otasi Umarxon vafotidan keyin 17 yoshida taxtga o‘tirgan. Hukmronlik davrida xonlik hududini kengaytirishga uringan. Janubiy Olay tog‘ etagida tojiklar bo‘ysundirilgan. Qorategin butunlay, Darvoz, Shug‘non, Roshan, Vohonfaqat davomi…

Sheralixon

Sheralixon Hojibek o‘g‘li (taxm. 1797-1845 yillar) (1842-1845) Qo‘qon xoni. 1842 yil Buxoro amiri Nasrullo Qo‘qonni bosib olib Ibrohim Xayolni noib etib tayinlab ketadi. Uning zulmidan norozi boґlgan qo‘qonliklar qo‘zg‘olon koґtaradilar va xon avlodlaridan boґlmish Sheralini Qo‘qon xoni deb e’lon qiladilar. davomi…

Murodxon

Murodxon ibn Olimxon (?-1845) (1845 yil 7 kun) Minglar sulolasidan bo‘lgan Qo‘qon xoni. Olimxonning o‘g‘li. Isfara hokimi Sotiboldi dodxoh Qo‘qon xoni Sheralixonga qarshi fitna uyushtiradi, bu ishga Murodxon ham tortiladi. Ular Musulmonqul mingboshi qirg‘izlar isyonini bostirish uchun ketganidan foydalanib xonni davomi…

Mallaxon

Mallaxon ibn Sheralixon (tahminan 1830-1862) (1858-1862) Ming sulolasidan bo‘lgan Qo‘qon xoni. Xudoyorxonning akasi. 1858 yilgi taxt uchun kurashda Xudoyorxon qo‘shinini Somonchi qishlog‘I yaqinida yengib Qo‘qonni egallagan va o‘zini xon deb e’lon qilgan. 1860 yil Mallaxon qo‘shin to‘plab Pishpak (hozirgi Bishkek)ka, davomi…

Sulton Sayidxon

Sulton Sayidxon ibn Mallaxon (?-1868) (1863-1865) Qo‘qon xonligida Sulton Sayidxon 1863 yil iyulda qirg‘izlar va qipchoqlar amiri lashkar Alimqul boshchiligida hokimyatni egallagan. Sulton Sayidxon nomigagina xon qilib ko‘tarilgan, amalda davlat ishlari Alimqul qo‘lida bo‘lgan. Rus qo‘shinlari bu paytda Yangiqo‘rg‘on, Pishpak, davomi…