Teodor Drayzer. Omonat (hikoya)

Arqonlar yechilib, “Sietl-4” sohildan asta-sekin uzoqlasha boshladi. Paluba yuklar bilan liq to‘lgan, yuklarning ustida esa turli tusdagi hindular, it­lar, chana haydovchilar, savdogarlar hamda uylariga qaytishayotgan oltin izlovchilar g‘ujg‘on edilar. Dou­son aholisining ko‘pchiligi jo‘nab ketayotganlarni kuzatish uchun sohilga to‘planishdi. Taxta zinalar davomi…

Xorijiy tillarni bilish kerak(mi)?

Agar odamlardan siz chet tilini o‘rganish zarurmi, deb so‘rasangiz, ularning ko‘pchiligi “yo‘q” deb javob beradi. Ona tilidan boshqa bironta tilni bilmasdan bemalol yashash mumkin, deydiganlar ancha. Ular eng yaxshi badiiy asarlar allaqachon o‘zbek tiliga o‘girilgan, qolganlarini o‘qish uchun esa ikkinchi davomi…

Hindiston yoshlari: kecha va bugun

yoxud avlodlar o‘rtasidagi ziddiyat Yigirma to‘rt yoshli Arshi Uppal Nyu Dehlidagi tungi klubda oyog‘ini chalishtirib o‘tiribdi. “Shanba kuni nima qilamiz? — deya so‘raydi u. — Shanba kuni o‘yin-kulgi, yakshanba kuni o‘yin-kulgi. Butun hafta davomida o‘yin-kulgi. O‘yin-kulgisiz o‘tadigan biror kun yo‘q”. davomi…

Eng birinchi avtomashina

Ilk transport turi – yog‘ochdan ishlangan mototsikl 1885 yilda germaniyalik Gotlib Daymler tomonidan yasalgan bo‘lib, dvigateli benzin bilan harakatlangan. Oradan bir yil o‘tib, Karl Bents avtomobil deb hisoblash mumkin bo‘lgan uch g‘ildirakli transport turini yaratdi. Bundan ko‘p o‘tmay Daymler va davomi…

G‘aroyib vasiyatlar

Eng bema’ni vasiyatnomani marsellik etikdo‘z yozgan. Vasiyatnomadagi 123 ta so‘zdan 94 tasini o‘qishga til bormaydi. Eng qisqa vasiyatnomani esa londonlik bankir yozgan. Uning vasiyatnomasi quyidagicha: “Men butunlay sindim”.

Koinot raqamlarda

Oyning Yerdan ko‘rinib turadigan eng ulkan krateri Beyli deb ataladi. Uning maydoni taxminan 26,000 kvadrat milga teng. Yerga har kuni 27 tonna kosmik chang yog‘iladi. Bir yilda 10 ming tonnadan ortiq chang Yerga tushadi.